Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Avgust/2020   Siyosat

O‘zbekistonda ijtimoiy nafaqalarni tayinlash jarayoni avtomatlashtiriladi


TOShKENT, 5 avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Hujjatga muvofiq, 2020 yilning 1 sentyabridan ijtimoiy nafaqalarni tayinlash to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish va ularni tayinlash tartib-taomillari bosqichma-bosqich “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi vositasida amalga oshiriladi.

Kam ta’minlangan oilalarning ehtiyojmandlik darajasini ob’ektiv baholash, qarorlarni qabul qilishda sub’ektiv yondashuvni bartaraf etish tizimni joriy etishning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Qaror bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etishda fuqarolardan talab etilmaydigan hujjatlar va ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi va 12 oy davomida amal qiladi.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatida fuqarolarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali ijtimoiy nafaqalarni tayinlashga oid murojaatlari va shikoyatlarini qabul qilish bo‘yicha sho‘’basi tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT 2019 yil 1 oktyabridan buyon tajriba-sinov tariqasida Sirdaryo viloyatida ishlatib kelinmoqda.

Mavzuga oid

Bola huquqlarini himoya qilish tizimini ...

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari ...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 aprel kuni Tojikiston Respublikas...

O‘zbekiston Prezidenti: Pandemiya Mustaq...

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo...

So`nggi yangiliklar