05/Avgust/2020 Jamiyat
TOShKENT, 5 avgust. /«Dunyo» AA/. Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 5 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 13:18 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Zilzila koordinatlari: 40,2 gradus shimoliy kenglik; 70,84 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5.
Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 181 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Toshkent: 181 km, 3 ball.
Namangan: 113 km, 4 ball.
Andijon: 143 km, 3 ball.
Farg‘ona: 83 km, 4 ball.
Guliston: 177 km, 3 ball.
Jizzax: 255 km, 3 ball.
Samarqand: 336 km, 2 ball.
Termiz: 453 km, 2 ball.
Qarshi: 458 km, 2 ball.
Navoiy: 464 km, 2 ball.
O‘zbekistonda kuzatilgan ikkinchi yer qimirlashi esa Toshkent vaqti bilan soat 14:32da qayd etildi.
Yer silkinishi koordinatalari 40,27 gradus shimoliy kenglik, 70,85 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 50 km.
Yer silkinishi epitsentridan Toshkentgacha masofa 177 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Yer silkinishi O‘zbekiston hududida Namanganda 107 km, 2 ball, Andijonda 139 km, 2 ball, Farg‘onada 80 km, 2 ballni tashkil qildi.