Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Yanvar/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirish borasida erishilayotgan muvaffaqiyatlar Misr OAV nigohida

 QOHIRA, 10 yanvar. /“Dunyo” AA/. Misrning “Al-Diplomasi” nashrida «Fitch Ratings» O‘zbekistonda turli jabhalarda iqtisodiy islohotlarni hayotga tadbiq etish borasida erishilgan jadal taraqqiyotni eʼtirof etdi» sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Misr nashri «Fitch Ratings» agentligi maʼlumotlariga tayangan holda 2017 yil sentyabr oyida O‘zbekistonda valyuta nazoratini liberallashtirish yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng mamlakat iqtisodiyoti va siyosatida salmoqli o‘zgarishlar ro‘y berganini taʼkidlaydi.

«Turli jabha va tashkilotlarda davlat manbaalaridan moliyalashtirishga qaramlikni pasaytirish va moliyalashtirishda bozor tamoyillaridan qo‘llanilishiga o‘tish borasida banklar va bir qancha nomoliyaviy korporatsiyalar salmoqli taraqqiyotga erishdi, - deb yozadi “Al-Diplomasi”. – Masalan, elektr energiyasi ishlab chiqarish singari va iqtisodiyotning boshqa qator muhim jabhalariga jalb etilgan sarmoyalar hajmining oshirilishi hisobidan o‘sishning yuqori surʼatlariga erishilmoqda. Bunday islohotlar sug‘urta tizimi va boshqa sohalarning faol rivojlanishiga ham ko‘maklashadi».

Maqola intihosida «Fitch Ratings» reyting agentligi hisobotida davlat tomonidan mamlakatning kredit siyosati boshqarilishi islohotlari ustida ish olib borilayotgani  maʼlum qilingani ham o‘quvchilarning eʼtiboriga havola etilgan. Unda alohida qayd etilganidek, «korporativ boshqaruv, shaffoflik va hisobdorlik, ularning xalqaro andozalarga yaqinlashtirilishi singari omillar O‘zbekiston kompaniyalari uchun eng muhim vazifa hisoblanadi».

Mavzuga oid

O‘zbekistonning mintaqalararo aloqalarni...

Pokistonning yetakchi nashrlaridan biri - «Pakistan Observer» gazetasi va uning veb-sahifa...

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ...

O‘mon sultonligida chop etiladigan «Asdaa Oman» gazetasining veb-sahifasida Buxoro shahrid...

Markaziy Osiyo uchun transport yo‘laklar...

Amerikaning «The Hill» kundalik gazetasi veb-sahifasida «Markaziy Osiyoda janubiy yo‘nalis...

So`nggi yangiliklar