Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Sentabr/2020   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekistonda Janubiy Koreya texnologiyasi asosida biogranula va bioparchalanuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi


SEUL, 18 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Islombek Boqijonov bilan Janubiy Koreyaning “Seojin Biotech Co., Ltd.” kompaniya rahbari Bark Xoy Yon o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralarda elchixona maslahatchisi Alisher Abdusalomov hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekistonda makkajo‘xori kraxmali asosida biogranulalar va bioparchalanuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihasi yuzasidan fikr almashildi.

“Seojin Biotech Co., Ltd.” kompaniya direktori, makkajo‘xori kraxmali asosida bioparchalanuvchi plastikdan turli mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha ilg‘or yechim va innovatsion texnologiyalar mavjudligi haqida ma’lumot berdi. Ushbu mahsulot ekologik toza bo‘lib, u yerga tushganda parchalanadi va atrof-muhitni ifloslantirmasdan tabiiy tarkibiy qismlarga bo‘linadi. Janubiy Koreyada ushbu mahsulot uchun xomashyo narxi an’anaviy plastikdan 2,5 barobar qimmat. Biroq, mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni hisobga olgan holda O‘zbekistonda ishlab chiqarishni tashkil etish tannarxi ancha arzon bo‘ladi.

Islombek Boqijonov O‘zbekiston tomonining makkajo‘xori kraxmali, paxta boshoqchalari va somoni asosida bioparchalanuvchi granulalar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga bo‘lgan qiziqishini ta’kidladi. Shuningdek, mahalliy hamkor bilan birgalikda tegishli infratuzilma mavjud bo‘lgan holda loyihani amalga oshirish uchun hudud belgilanganligi ma’lum qildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tomonlarning tegishli investitsiya majburiyatlari va huquqlari belgilab qo‘yilgan holda loyihani amalga oshirish uchun investitsiya shartnomasi loyihasi ishlab chiqilgani qayd etildi.

Janubiy Koreya tomonining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish masalasi hamda ajratilgan hudud bilan tanishish, ishlab chiqarishni iloji boricha tezroq tashkil etish maqsadida investitsiya shartnomasini imzolash bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishga kelishib olindi.

Uchrashuv natijasida zarur ma’lumotlarni almashish, shuningdek, videokonferensaloqa shaklida navbatdagi muzokaralarni o‘tkazish yo‘li bilan loyiha targ‘ibоtining keyingi bosqichlari bo‘yicha muhokamalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Hind investori Xorazm viloyatidagi inves...

Hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish, tarmoqlarga xorijiy sarmoyalarni keng jalb q...

O‘zbekiston elchisi va Hindiston davlat ...

O‘zbekiston elchisi va Hindiston davlat vaziri farmatsevtika, kimyo sanoati, transport va ...

O‘zbekiston va Turkmaniston: o‘zaro hamk...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari − investitsiyalar va tashqi savdo vaziri ...

So`nggi yangiliklar