Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Dekabr/2021   Jamiyat

O‘zbekistonda keyingi haftada havo haroratining me’yordan 8-10° pasayishi kutilmoqda


TOSHKЕNT, 9-dekabr. /«Dunyo» AA/. Joriy yil 12-15 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, so‘ngra Ural hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi.  Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumot tarqatdi. 

Unga ko‘ra, 12-14 dekabr kunlari respublikada vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi.

Tog‘ va tog‘oldi tumanlarda 12-13 dekabr kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda.

Respublika bo‘yicha havo haroratining me’yordan 8-10° pasayishi kutilmoqda.

12-15 dekabr kunlari havo harorati kechalari 3-8° sovuq, kunduz kunlari 0-5° iliq, shimolda kechalari 7-12° sovuq, ba’zi joylarda 14-16° sovuq, kunduz kunlari 3° sovuq va 2° iliq bo‘lishi aytilgan.

Mavzuga oid

Inson huquqlari sohasidagi jahon taʼlim ...

Inson huquqlari sohasidagi taʼlim barchaning inson huquqlariga nisbatan hurmatini rag‘batl...

O‘zbekistonda aholining uy-joy sharoitin...

«Aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yana-da kengayti...

O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi «ArMI-2...

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘i polkovnik Shavkatbek Mamajonov rahbarli...

So`nggi yangiliklar