Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlar Italiya ommaviy axborot vositalari diqqat markazida

 RIM, 26-iyun. /“Dunyo” AA/. Italiyaning “Askanews” onlayn-nashrida «O‘zbekiston, fuqarolarning konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha 48 ming taklifi» sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Unda qayd etilishicha, Konstitutsiyaviy komissiyaga fuqarolardan kelib tushgan qariyb 50 ming taklif konstitutsiyaviy islohotlar obyektiv zarurat ekanligidan dalolat beradi.

«O‘zbekistonning amaldagi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabr kuni qabul qilingan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, yangi Konstitutsiya respublikani «Mustahkam huquqiy asos va uzoq muddatli rivojlanish va farovonlik strategiyalarining ishonchli kafolati»ni taʼminlashi kerak», deb taʼkidlanadi materialda.

Nashrda qayd etilganidek, Prezident O‘zbekistonda o‘lim jazosini taqiqlash, har bir fuqaro uchun butun mamlakat bo‘ylab harakatlanish va  yashash huquqlari kafolatlarini taʼminlash, mamlakatdan erkin chiqish va O‘zbekiston Respublikasiga qaytish huquqi kafolatlari, xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi, fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan huquqlari, uy-joyning daxlsizligi va sud qarorisiz uy-joydan mahrum qilishning iloji yo‘qligini Konstitutsiyaga mustahkamlash bo‘yicha takliflar bildirdi.

«Bundan tashqari, xususiy mulkni himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi barcha g‘ov va to‘siqlarni olib tashlash, mamlakatda tovarlar, xizmatlar, mehnat va moliyaviy resurslarning aylanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish, ish joyida inson huquqlari va munosib ish haqi himoyasini taʼminlash, bola tug‘ilishi yoki tug‘ilishi munosabati bilan ayollarni ishdan bo‘shatish va ish haqini kamaytirishni taqiqlash, davlat organlari va muassasalari faoliyatining shaffofligi va hisobdorligini taʼminlash, hukumatni shakllantirishda Oliy Majlis vakolatlarini kengaytirish, ichki va xalqaro aloqalarni rivojlantirish uchun konstitutsiyaviy kafolatlarni kuchaytirish taklif etilmoqda», deb yozadi “Askanews”.

Mavzuga oid

AQSHdan munosabat: O‘zbekistonning iqtis...

Xalqaro soliqlar va investitsiyalar markazi (ITIC) prezidenti Daniel Vitt “Dunyo” AA uchun...

Tokioda O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov boshchiligidagi delegatsiyanin...

Polshada O‘zbekistondagi konstitutsiyavi...

Mamlakatimizning Varshavadagi elchixonasida O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat bo‘y...

So`nggi yangiliklar