Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Iyun/2022   Konstitutsiyaviy islohotlar

O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni Afg‘oniston axborot vositalari diqqat markazida

KOBUL, 28-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonda ro‘y berayotgan muhim o‘zgarishlar, xususan, Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni Afg‘onistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari sahifalarida keng yoritilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo”  AA muxbiri.          


Jumladan, Afg‘onistonning yetakchi  «The Kabul Times» gazetasining elektron saytida Konstitutsiyaviy komissiya raisi, akademik Akmal Saidovning «Konstitutsiyaviy islohotlar - saylovchilar xohish-irodasi, zamon talabi» sarlavhali maqolasi eʼlon qilindi.

Unda bugungi kunda mamlakatimiz parlamenti hayotida konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarning barqaror rivojlanishi va mustahkamlanishi, Yangi O‘zbekistonni bunyod etish va Uchinchi Renessans asoslarini shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli va shiddatli demokratik islohotlar uchun muhim hodisalarga boy bo‘layotgani maʼlum qilingan.

Muallif o‘z maqolasida “Konstitutsiyaviy islohot nimaga kerak, uning asl, tub g‘oyasi nimadan iborat?”, degan savollarga chuqur tahlil asosida javob beradi.

«Avvalo, O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotning bosh g‘oyaviy ilhomlantiruvchisi, shubhasiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev, asosiy tashabbuskori esa mamlakatimiz aholisining keng qatlamidir, - deb taʼkiylaydi muallif. - 2021 yilning oktyabr oyida O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonida barcha nomzodlarning elektorat vakillari bilan uchrashuvlari chog‘ida hayotiy talabdan kelib chiqqan va mamlakatimizdagi demokratik islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lgan muhim taklifni ilgari surdi. Bu – konstitutsiyaviy islohotni amalga oshirish».

 Akmal Saidov  Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid birinchi taklif O‘zLiDePdan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovchilar bilan Qoraqalpog‘istonning Bo‘zatov tumanida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi chog‘ida ilgari surilgan edi, deb qayb etadi. «Nafaqat mintaqaviy, balki jahon ko‘lamiga ega ekologik fojea — Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq vaziyat amaldagi Konstitutsiyada o‘z aksini topmagan, insonning ekologik huquqlari, yurtimiz aholisining yashab turgan va bo‘lajak avlodlarining qulay va toza atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini mamlakat Bosh qonunida aks ettirishning dolzarbligi va hayotiy ahamiyati taʼkidlandi», deb yozadi  Konstitutsiyaviy komissiya raisi.

Maqolada keltirilgan barcha masalalar saylovchilar, jumladan, o‘qituvchilar, tadbirkorlar, fermerlar, fuqarolik jamiyati institutlari va milliy-madaniy markazlari vakillari — mamlakatning oddiy aholisi tomonidan ko‘tarilgani alohida taʼkidlangan.

Shu bilan birga materialda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasidagi demokratik islohotlar siyosati keng qo‘llab-quvvatlanayotgani, saylovchilar ularning natijadorligidan, ularni yana-da chuqurlashtirish va saylovoldi dasturda belgilangan maqsadlarga erishishdan manfaatdorligi qayd etildi.

«Bundan tashqari, davlatimiz rahbari «Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi» fundamental mualliflik monografiyasining ikkinchi qayta ko‘rib chiqilgan va to‘ldirilgan nashriga konstitutsiyaviy islohotning zaruratiga bag‘ishlangan va saylovoldi kampaniya jarayonida berilgan barcha takliflarni umumlashtirishga asoslangan bo‘limni kiritdi. Kitobda O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotning asosiy ustuvor yo‘nalishlari belgilangan», deb yozadi  akademik Akmal Saidov.

Mavzuga oid

Turkiyadagi vatandosh: Konstitutsiyaviy ...

Adana shahridagi Turkistonliklar jamoat birlashmasi axborot ishlari bo‘yicha kotibi, shaha...

Rossiyadan munosabat: Tinch va iqtisodiy...

Yevropa-Osiyo tadqiqotlari markazi direktori Andrey Rusakov (Rossiya) “Dunyo” AA uchun sha...

«Hanshin Engineering & Construction» kor...

Janubiy Koreyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari bu...

So`nggi yangiliklar