Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Avgust/2020   COVID-19

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 267 taga ortdi


TOShKENT, 5 avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonda 5 avgust soat 10:30 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 267 taga ortib, 27 ming 314 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Yangi kasallanish holatlarining 125 nafari Toshkent viloyatida, 84 nafari Toshkent shahrida, 39 nafari Buxoro viloyatida, 12 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, koronavirusga chalingan Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan 70 yoshli A.M. va Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashagan 51 yoshli A.L bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 18 ming 051 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan. 9 ming 096 nafar bemorga esa shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 619 nafari og‘ir, 208 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi korxonalarda ...

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi korxonalari zarur tibbiyot uskunalari ishlab chiqarish loyihasi...

200 dan ziyod yurtdoshlarimiz O‘zbekisto...

Namangan xalqaro aeroportiga 16 mart kuni Erondan va Riga shahridan charter reys bilan uch...

Respublika maxsus komissiyasi axboroti

respublika hududlari joriy yilning 11 mayidan eʼtiboran TUMAN VA SHAHARLAR DARAJASIDA toif...

So`nggi yangiliklar