18/May/2022 Eksport
FRANKFURT-MAYN, 18-may. /“Dunyo” AA/. Germaniyaning meva va sabzavotlar xalqaro savdosiga oid materiallarni yoritadigan “Fruchtportal.de” onlayn jurnali «O‘zbekiston 2022 yil aprel oyida rekord darajada lavlagi eksport qildi» sarlavhali maqolani eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda qayd etilganidek, aprel oyida O‘zbekistonda lavlagi eksporti mavsumi boshlandi. «Mamlakatning Janubiy hududi - Surxondaryo viloyatidan lavlagining yangi hosilini eksport qilish ishlari boshlanganiga bir oydan oshdi. Dastlabki natijalar bu yilgi hosil mo‘lligidan dalolat bermoqda».
Germaniya onlayn nashrining yozishicha, aprel oyida O‘zbekiston so‘nggi 5 yilning shu davriga nisbatan rekord miqdorda lavlagi eksport qildi. «Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2022 yil aprel oyida lavlagi eksporti 5,1 ming tonnani tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 4,3 baravarga ko‘pdir. 2018-2020 yillarning shu davrida 3 mingdan 5 ming tonnagacha lavlagi eksport qilingan bo‘lsa, 2022 yil aprel oyi natijalari bu ko‘rsatkichning qariyb 1,5 baravarga oshganini ko‘rsatmoqda», deb yozadi onlayn jurnal.
Maqolada taʼkidlanishicha, 2022 yil yanvar-aprel oylarida lavlagi eksporti hajmi 8 ming 200 tonnani tashkil etdi, bu 2021 yilning shu davridagiga nisbatan 78 foizga ko‘pdir.