Uz / Ўз Ru En

Toshkent

18/Sentabr/2020   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekistonda mavjud yog‘-moy sanoatidagi qayta ishlash quvvatlarini to‘liq ishga tushirish uchun yiliga 1,5 million tonna soya kerak bo‘ladi


TOSHKENT, 18-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Bu haqda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Ukraina onlayn forumi davomida “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Ahror Abdurahimov fikr bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

«O‘zbekistonda har yili 70-80 ming tonna soya o‘simligi moyi qayta ishlanadi. Agar fabrikalarimizga soya urug‘ini yetkazib berish bo‘yicha manfaatli takliflar bo‘lsa, biz ularni albatta ko‘rib chiqib muhokama qilamiz. Uyushma har yili 30 ming tonnadan ortiq soya import qiladi, ammo o‘z imkoniyatlarimizdan to‘liq foydalanish uchun bizga yana 1,5 million tonna soya kerak», - dedi u.

Avval xabar qilinganidek, 17 sentyabr kuni "O‘zbekiston – Ukraina: yog‘-moy sanoatini rivojlantirish" mavzusida onlayn forum bo‘lib o‘tdi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashdan iboratdir.

Mavzuga oid

Sirdaryoda eksport geografiyasi tobora k...

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari avtotransport vositalarida Qozog‘iston, Rossiya, Belorussiy...

O‘zbekiston – BAA: ko‘p qirrali hamkorli...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari S.Umurzoqov 7 may kuni Birlashgan Arab Am...

Misr kompaniyalari O‘zbekiston quritilga...

Mamlakatimizning «Al-Alkom Trade» va «BMB Export Global» kompaniyalari va Misrning «Saad...

So`nggi yangiliklar