Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Aprel/2021   Parlament

O‘zbekistonda munosib mehnat bo‘yicha mamlakat dasturi loyihasi muhokama qilindi

TOSHKENT, 13-aprel. “Dunyo” AA/.  Kecha  «O‘zbekiston Respublikasida  munosib mehnat bo‘yicha Mamlakat dasturini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash» loyihasi natijalari bo‘yicha videokonferensaloqa shaklida davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi manbasiga ko‘ra, davra suhbatida Oliy Majis Senati Raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi raisi Tanzilla Norboyeva ishtirok etdi.

Tadbirda Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktorining yordamchisi X.Koller, AQSHning O‘zbekistondagi elchisi D.Rozenblyum, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori X.Freyzer ham qatnashdi.

Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan davra suhbatida ushbu sohada amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Davra suhbatida «O‘zbekiston Respublikasida munosib mehnat mehnat bo‘yicha 2014-2020 yillarga mo‘ljallangan Mamlakat dasturi» doirasida amalga oshirilgan ishlarning taqdimoti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda 2013 yildan boshlab mamlakatimizda bolalar mehnati va majburiy mehnatning oldini olish, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish borasida yaqin hamkorlikda qator ishlar amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishda O‘zbekistonda munosib mehnat bo‘yicha mamlakat dasturining qabul qilinishi va amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etdi.

Dastur doirasida mamlakatimizda fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish masalalariga oid milliy qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro mehnat normalarini amaliyotga tatbiq etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston shu kunga qadar Halqaro mehnat tashkilotining 17 ta konvensiyasi, xususan, barcha 8 ta asos soluvchi konvensiyalarini ratifikatsiya qildi. Birgina 2020 yilda mehnat sohasiga oid milliy qonunchiligimizni yana-da takomillashtirish, bolalar mehnati va majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishlariga to‘liq barham berishga qaratilgan 16 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.

Xalqaro mehnat tashkiloti bilan «O‘zbekiston Respublikasida munosib mehnat mehnat bo‘yicha 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Mamlakat dasturi»ni qabul qilish va amaliyotga tatbiq etishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

Qonunchilik palatasi 9 oy davomida: Parl...

Joriy yil yanvar-sentyabr oylarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari parlamentl...

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Xitoy hukumat...

Ozarbayjon Milliy Mejlisi Raisi O‘zbekis...

Ozarbayjon Milliy Mejlisi Raisi Sahiba Gafarova kecha rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga ...

So`nggi yangiliklar