Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/Iyul/2020   Ilm-fan

O‘zbekistonda o‘quvchilarni birinchi sinfga qabul qilish jarayoni boshlandi


TOSHKENT, 10 iyul. /“Dunyo” AA/. Joriy yilning 6 iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi birinchi sinfga qabul qilish uchun onlayn navbat tizimini ishga tushirgan edi. Ushbu qaror COVID-19 bilan bog‘liq karantin davrida tartibsizlik va keraksiz muammolardan qochish uchun qabul qilindi.

Joriy yilda Toshkent shahrida ilk bor birinchi sinfga qabul uchun hujjatlarni topshirish “qabul.maktab.uz” veb-sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri, vazirlikning Matbuot xizmatiga tayanib.

Biriktirilgan mikrohudud doirasida maktabgacha yoshdagi bolalarning hujjatlari 31 iyulga qadar qabul qilinadi. 1 avgustdan 25 avgustgacha esa yashash joyidan tashqarida, ta’lim muassasalarining imkoniyatlariga qarab qabul amalga oshiriladi.

Agar dastur Toshkentda muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, keyingi o‘quv yilidan boshlab boshqa hududlarda ham bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Maktab o‘qituvchilari va psixologlari joriy yilning 31 avgustiga qadar 6 yarim yoshga to‘lmagan bolalar uchun hujjatlarni topshirish niyatida bo‘lgan ota-onalar bilan tushuntirish ishlarini olib boradilar. “Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga yuborish maqsadga muvofiqdir”, deya ta’kidlanadi.

Shuni alohida ta’kidlash joiz, 2020-2021 o‘quv yilida maktablarga jami 650 ming 119 nafar birinchi sinf o‘quvchisi qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bir kunda poytaxtdagi onlayn navbat tizimi orqali 2 ming 386 ta murojaat kelib tushgan.

O‘qituvchilarning pedagogik yuklamasini optimallashtirish, ularni asosiy yuklamadan tashqari boshqa hisobоtlar va ortiqcha qog‘ozbozlik ishlaridan ozod qilish hamda pedagogikaning mazmuniga ko‘proq vaqt ajratishlari maqsadida “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga o‘zgartirish kiritildi. Bunda umumta’lim maktablarining o‘qituvchilari tomonidan yuritiladigan hujjatlar soni bittagacha qisqartirildi. Bu o‘qituvchilarga asosiy e’tiborni dars mashg‘ulotlarini yanada qiziqarli qilib o‘tishga qaratishi uchun sharoit yaratadi.

Mavzuga oid

DTM test sinovlari o‘tkaziladigan binola...

Unda respublika miqyosida binolarning viloyatlararo taqsimlanishi, test sinovlari o‘tkazil...

«El-yurt umidi» jamg‘armasi Fransiya nef...

«El-yurt umidi» jamg‘armasi va Fransiya neft instituti maktabi (IFP School) o‘rtasida o‘za...

O‘zbekistonda Qishloq xo‘jaligida bilim ...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Agrar ta’lim tizimini yanada takomillashtirish ch...

So`nggi yangiliklar