Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Oktabr/2021   Saylov - 2021

O‘zbekistonda o‘tkazilgan Prezident saylovida Shavkat Mirziyoyev ishonchli g‘alabaga erishdi – Hindiston matbuoti


DЕHLI, 27-oktabr. /«Dunyo» AA/. Hindiston matbuoti 24 oktabr kuni O‘zbekistonda o‘tkazilgan Prezident saylovi natijalariga bag‘ishlangan maqolalarni chop etishda davom etmoqda, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri. 

“Islohotchi Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida g‘alaba qozondi” sarlavhasi ostida “International Affairs Review” onlayn-nashrida e’lon qilingan materialda Markaziy saylov komissiyasi (MSK) ma’lumotiga tayanib Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod etib ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning eng ko‘p – 80,1 foiz ovozini to‘plab, ishonchli g‘alaba qozongani ta’kidlangan.

Maqolada, shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maqsuda Vorisova 6,6 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egallagani, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirov 5,5 foiz, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Narzullo Oblomuradov – 4,1 foiz va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Bahrom Abduhalimov 3,4 foiz saylovchilar ovozini to‘plashga muvaffaq bo‘lgani ma’lum qilingan.

Hind nashri MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayevning “Beshta siyosiy partiya va ularning nomzodlari o‘rtasida real raqobat muhitida o‘tgan Prezident saylovi O‘zbekistonda erkinlik va demokratiya amalda mustahkamlanib borayotganining yorqin namoyishidir!”, degan so‘zlaridan iqtibos keltirgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazi...

24 oktabr mamlakatimizda O‘zbekiston Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Mazkur jarayonni yu...

Dubayda bo‘lib o‘tgan uchrashuv muhim si...

Mamlakatimizning Dubay (BAA) shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari joriy yil 24 oktabrda ...

Xalqaro kuzatuvchi: O‘zbekistonda Prezid...

O‘zbekiston Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashgan Kolumbiya universi...

So`nggi yangiliklar