Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Oktabr/2020   Jamiyat

O‘zbekistonda o‘zbek tilini rivojlantirish sohasidagi davlat siyosati Indoneziya ommaviy axborot vositalari e’tiborida


JAKARTA, 22-oktabr. / «Dunyo» AA /. Indoneziyaning «Kompasiana» axborot agentligi saytida «O‘zbek tili kuni va tillarni rivojlantirish sohasidagi davlat siyosati» sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda « Dunyo» AA muxbiri.

Maqolada, Markaziy Osiyodagi Afg‘oniston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan chegaradosh bo‘lgan O‘zbekiston o‘zining madaniyati, boy tarixi bilan ajralib turishi qayd etiladi.

Muallifning yozishicha, dunyo bo‘ylab 50 millionga yaqin odam o‘zbek tilida so‘zlashadi. 2020 yil 21 oktyabr kuni ilk bor «O‘zbek tili bayrami» mamlakat miqyosida keng nishonlandi. Davlat rahbarining 2019 yil 21 oktyabrdagi «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, hukumat o‘zbek tilini yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ko‘rmoqda. Shu bilan birga, 2020-2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash belgilangan. Unga ko‘ra, chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini o‘qitish dasturlarini yaratish, chet el muassasalari va universitetlarida o‘zbek tili markazlarini tashkil etish va kengaytirish, o‘zbek tilidan dunyoning yetakchi tillariga va chet tillaridan o‘zbek tiliga tarjima qilish uchun kompyuter dasturini yaratish kabi qator vazifalar amalga oshiriladi.

«Tilning pokligini saqlash millat va davlat yaxlitligini saqlash bilan barobar», deb yozadi muallif o‘z xulosasida.

Mavzuga oid

Beniluks va Daniyadagi vatandoshlar bila...

Videokonferensiya joriy yilning 8-aprel kuni soat 16:00 da tashkil etiladi.

“Eng yaxshi kitobxon” loyihasi g‘olibiga...

Qarshi shahridagi amfiteatrda Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan “Eng yaxshi kitobxon” loy...

Toshkentda ochilgan tibbiy markaz O‘zbek...

Shanti SIVAPIRATOSHAN “Dunyo” axborot agentligi muxbiriga bergan intervyusida kuni kecha T...

So`nggi yangiliklar