Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Mart/2021   Media

O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar Kuvayt matbuoti nigohida


AL-KUVAYT, 5 mart. /«Dunyo» AA/. Kuvaytning «Times-Kuwait» ommabop gazetasi va uning veb-sahifasida O‘zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mavzusiga bag‘ishlangan “Aholini uy-joy bilan ta'minlash bo‘yicha 1,1 milliard dollarlik dastur e'lon qilindi” sarlavhasi ostida maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada gazetxonlar e'tibori mamlakatimiz aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bajarilayotgan chora-tadbirlar, xususan, O‘zbekiston Prezidentining aholini uy-joy bilan ta'minlash to‘g‘risidagi farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyatiga qaratilgan. Unda O‘zbekistonda joriy yilda uy-joy bilan ta'minlanadigan oilalar soni birinchi marta 45 mingtaga yetkazilishi ta'kidlangan.

2021 yildan joriy etiladigan yangi tizimga muvofiq qishloq tumanlarida bir kvadrat metr uy narxini 4 million so‘mdan, shaharlarda esa 5 million so‘mdan oshirilmaydi.

Ta'kidlanishicha, og‘ir turmush sharoitiga tushib, boshpanasiz qolgan oilalarni imtiyozli ijara asosida uy-joy bilan ta'minlash tizimi joriy etiladi. Davlat subsidiyalari asosida har bir tumanda hokimiyatlar tomonidan uylar sotib olinadi va ehtiyojmand aholi uchun 5 yil muddatga “ijtimoiy ijara” shaklida beriladi.

Ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy turar-joy bilan ta'minlash maqsadida qishloqlarda 8 ming 336 ta va shaharlarda 3 ming 550 ta uy-joy quriladi.

Shu o‘rinda aholiga beriladigan ipoteka kreditlari shartlari yengillashtirilishi alohida urg‘ulangan. Davlat tomonidan taqdim etiladigan imtiyozlar hisobiga aholi uchun dastlabki badal miqdori 2 barobarga kamayishi qayd etilgan.

Shuningdek, maqolada aytilishicha, viloyat markazlari va poytaxtda uy-joy qurilishi uchun yerlar auksion orqali beriladi, qishloqlarda esa mahalliy kengash qarori asosida ajratiladi. Ko‘p kvartirali uy-joylar faqat massiv shaklida, bunda qishloqlarda kamida 5 qavatli, shaharlarda esa 9 va undan yuqori qavatli bo‘lib quriladi.

Uy-joylar uchun tuman va shahar markazlariga tutash, ishlab chiqarish ob'ektlariga yaqin bo‘lgan joylardan yerlar ajratiladi. Bunda elektr energiyasi, gaz, suv, yo‘l infratuzilmasi eng maqbul bo‘lgan hududdan joylar tanlaniladi.

Hududlarda yirik massivlarni barpo etish, ularda bog‘cha, maktab, poliklinika va sanoat ob'ektlarini joylashtirish bo‘yicha kelgusi yil uchun aniq loyihalar ishlab chiqiladi.

Ipoteka uchun beriladigan kvartiralar, uylar, soni, maydoni, qiymati va joylashuvi, ularni qurayotgan tadbirkorlar haqida ma'lumotlarni taqdim etuvchi ipoteka bozori veb-portali ishga tushiriladi.

“Uylar qurilishiga faqat salohiyatli mutaxassislar, yetarli moddiy-texnik bazaga ega, moliyaviy barqaror pudrat tashkilotlarini reyting tizimi asosida jalb qilinadi. Bunday korxonalar 15,5 mingta bo‘lib, qurilish tashkilotlarining 40 foizini tashkil etadi”, - deyiladi «Times-Kuwait» chop etgan maqolada.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Afg‘onistonning energetik...

Afg‘onistonda dariy tilida chop etiladigan «The Daily Afghanistan-e-Ma» gazetasida O‘zbeki...

O‘zbekiston mavzusi Xitoy OAV sahifalari...

Yangi O‘zbekiston hayotida ro‘y berayotgan barcha muhim o‘zgarish va yangilanishlar Xitoy...

O‘zbekiston Prezidentining BMT Inson huq...

Janubiy Koreyaning yetakchi ommaviy axborot vositalaridan biri - «The Korea Post» jurnali ...

So`nggi yangiliklar