Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Iyun/2021   Sport

O‘zbekistonda Olimpiya haftaligi boshlandi


TOSHKENT, 22-iyun. /“Dunyo” AA/.  Ertaga, 23 iyun kuni butun jahon bo‘ylab  Xalqaro olimpiya kuni nishonlanadi. Jumladan, O‘zbekistonda ham ushbu sana oldidan  qator sport o‘yinlari va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA fotomuxbiri Anvar Ilyosov.

O‘zbekiston  Milliy olimpiya qo‘mitasi tashabbusi bilan, bugun mamlakatimizda Olimpiya kuniga bag‘ishlangan sport haftaligiga  start berildi.

28 iyunga qadar davom etadigan ushbu haftalikda 15 ta  sport federatsiyalari turli ommaviy tadbirlar, qiziqarli musobaqalarni uyushtirishni rejalashtirgan.

Bugun erta tongdanoq MOQ binosi oldida haftalik musobaqalari boshlanishiga bag‘ishlangan katta festival  o‘tkazildi. Unda keng jamoatchilik vakillari, sportchilar va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda XOQ prezidenti Tomas Baxning jahon sportchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

Maʼlumot uchun, bundan roppa-rosa 125 yil avval baron Pyer de Kuberten boshchiligida Olimpiadani tiklash uchun eng katta qadam qo‘yildi, yaʼni 1894 yilning 23 iyun kuni Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) taʼsis etildi. Uning tarkibiga dastlab 12 davlatdan 14 vakil kiritildi. Ayni paytda dunyoning 206 mamlakati, jumladan, O‘zbekiston ham XOQ aʼzosi hisoblanadi. 

Mavzuga oid

«Tokio -2020»: O‘zbek sporti tarixidagi ...

Bugun Yaponiya poytaxti Tokio shahrida jahon sport olamidagi eng yirik tadbir – XXXII yozg...

O‘zbekiston Olimpiya delegatsiyasi rahba...

Yaponiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Olimpiya delegatsiyasi rahbari – Bosh vazir o‘rinbosa...

«UZREPORT» futbol bo‘yicha YeVRO-2020 mu...

Joriy yil 12 iyundan 12 iyulga qadar futbol bo‘yicha XVI Yevropa chempionati bo‘lib o‘tadi...

So`nggi yangiliklar