Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Oktabr/2021   Saylov - 2021

O‘zbekistonda Prezident saylovlari shaffoflik va oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazildi


SЕUL, 26-oktabr. /«Dunyo» AA/. 24 oktabr kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi yakunlari to‘g‘risida Janubiy Koreya-O‘zbekiston biznes uyushmasi raisi Kim Yong Gu “Dunyo” AA muxbiriga o‘z taassurotlarini so‘zlab berdi.

- O‘zbekiston muhim siyosiy tadbir – Prezident saylovida halqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etganimdan juda mamnunman, - dedi u. - Men 2016 va 2019 yillarda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti hamda parlament saylovlarida ham halqaro kuzatuvchi sifatida qatnashish sharafiga muyassar bo‘lganman.

O‘zbekistonda yangi Saylov kodeksi asosida o‘tkazilgan Prezident saylovi umume’tirof etilgan xalqaro prinsip va normalarga to‘la mos holda tashkil etildi, deb bemalol aytishim mumkin. Bunday taasurotlar nafaqat menda, balki men suhbat qurgan boshqa davlatlardan tashrif buyurgan kuzatuvchilarda ham shakllangan. 

Guvohi bo‘ldimki, Prezident saylovi O‘zbekiston xalqi uchun xaqiqiy bayram kabi o‘tdi. Toshkent shaxrida men bo‘lgan saylov uchastkasida Erta tongdanoq saylovchilarning bunchalik gavjum bo‘lishini kutmagan edim. Ularning barchasi oila a’zolari bilan o‘z konstitutsion burchlarini bajarish uchun ko‘tarinki kayfiyatda saylovda ishtirok etdi.

Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi dasturlarida ko‘zda tutilgan maqsad va rejalari har bir saylovchiga keng yetkazilganligiga amin bo‘ldim.

Shu bilan birga, O‘zbekiston yoshlarining Prezident saylovidagi faol ishtirokini ko‘rib, mamlakatingizda demokratik jarayonlar yil sayin jadallashayotganini sezdim. 

Saylov jarayoni to‘g‘risida O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari tomonidan keng qamrovli ko‘rsatuvlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar olib borilgani bunday siyosiy tadbirni shaffof va oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazilayotganining yana bir isboti bo‘ldi. 

Albatta, Prezident saylovining dastlabki natijalarini eshitib xursand bo‘ldim. Xalqingiz o‘z ishongan nomzodiga ovoz berib, mamlakat taqdiriga va o‘z kelajagiga befarq emasligini ko‘rsatdi.

Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston keyingi besh yilda bundan ham katta yutuqlarga erishishiga ishonchim komil.

Men ushbu tarixiy tadbirda ishtirok etganimdan judayam xursandman. O‘zbekiston Prezidenti saylovini muvafaqqiyatli o‘tgani bilan barcha saylovchilarni va O‘zbekiston xalqini tabriklayman.

Mavzuga oid

Rossiyaning Chelyabinsk va Kurgan shahar...

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi to...

O‘zbekiston Prezidenti saylovi Italiya o...

Italiyaning «Exportiamo.it» onlayn-nashrida jurnalist Narmina Rahimovaning O‘zbekiston Pre...

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ...

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida Moskva shahri, ...

So`nggi yangiliklar