19/Yanvar/2022 O’zbekiston dunyo nigohida
NUR-SULTON, 19-yanvar. /Dunyo AA/. Qozog‘istonnning «Infozakon» elektron portali sahifalarida O‘zbekistonning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga bag‘ishlangan turkum maqolalar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Mazkur internet-nashrda o‘quvchilar e’tiboriga havola qilingan asosiy maqolalardan biri Prezident Shavkat Mirziyoyev ishirokida bo‘lib o‘tgan Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan davlat rahbarining farmoni bilan harbiy unvon, orden va medallar bilan taqdirlangan bir guruh harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga davlat mukofotlarini topshirish marosimi tafsilotlariga bag‘ishlangan.
«Infozakon»da mamlakatimiz mavzusidagi yana bir axborot materialida O‘zbekiston Prezidentining «Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilgani ma’lum qilingan.
«Strategiyada bayon etilgan tashqi siyosat bo‘yicha takliflar orasida mamlakatning diplomatik vakolatxonalari va konsullik idoralari tomonidan xorijdagi vatandoshlarga xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishga oid vaziflar qayd etilgan, deb yozadi manba.
Xususan, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi faoliyatiga o‘zbek va chet el fuqarolariga konsullik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etiladi».
Bundan tashqari, Qozog‘iston OAV Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 Mvt bo‘lgan yangi Issiqlik elektr stansiyasi (IES) O‘zbekiston yagona elektr tarmog‘iga elektr energiyasi yetkazib berishni boshlagani haqidagi qator xabar-maqolalarni e’lon qildi. Ularda ushbu elektr stansiyasi Turkiyaning «Aksa Enerji» kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda qurilgan ikkinchi IES bo‘lgani qayd etilgan.
«Quvvati 270 Mvt bo‘lgan birinchi IES joriy yil 11 yanvar kuni Buxoro viloyatida ishga tushirilgan edi, deb, yozadi «Infozakon».