Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2021   Saylov - 2021

O‘zbekistonda saylov jarayonini ommaviylashtirish bo‘yicha raqamli sohada katta ishlar amalga oshirildi


 BRYUSSEL, 1 dekabr. /“Dunyo” AA/. «Diplomatic World» nashrida ushbu jurnal bosh muharriri Barbara Ditrix va loyiha menejeri Alberto Turkstra O‘zbekiston Prezidenti saylovida ommaviy axborot vositalari vakillari va xalqaro kuzatuvchilar sifatidagi ishtiroki yakunlariga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 

 Materialda qayd etilishicha, saylovni kuzatish natijalari Bryusselda O‘zbekiston elchixonasi tomonidan 2021 yil 19 noyabr kuni o‘tkazilgan «O‘zbekiston Prezidenti saylovi: asosiy natijalar va baholar» mavzusidagi davra suhbatida taqdim etilgan.

 «2021 yilgi Prezident saylovi o‘tgan oy bo‘lib o‘tdi.  Ushbu muhim siyosiy tadbir ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy sohalarda davom etayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayoni fonida o‘tkazildi, — deyiladi nashrda. – Bu «Diplomatic World» vakillarining 2019 yilgi parlament saylovlaridan keyin O‘zbekistonda kuzatuvchi sifatida ikkinchi bor ishtiroki edi. Joriy  yilning iyul va sentyabr oylarida ham O‘zbekistonga bordik. Bu bizga saylovga tayyorgarlikning borishini yaqindan kuzatish imkonini berdi».

 Materialda taʼkidlanganidek, O‘zbekistonda saylovni raqamli sohada #ImGoingToVote kabi mashhur heshteglar yordamida ommalashtirish, ayniqsa, yosh avlod o‘rtasida ovoz berishning muhimligi va natijada mamlakatning kelajagiga o‘z hissasini qo‘shishga katta qiziqish uyg‘otish maqsadida keng ko‘lamli saʼy-harakatlar amalga oshirildi.

Maqola mualliflariga ko‘ra, haqiqiy sinov endi boshlanadi. «Islohotlarning birinchi bosqichidan keyin o‘zbekistonliklarning ham, xalqaro hamjamiyatning ham umidlari juda katta va biz Prezident Shavkat Mirziyoyevning ikkinchi vakolat muddati O‘zbekiston uchun, mintaqa uchun, Yevropa Ittifoqi va butun dunyo uchun yana-da yuksak ijobiy natijalar olib kelishini intizorlik bilan kutayapmiz, - deb yozadi «Diplomatic World».

Mavzuga oid

Pokistonlik xalqaro kuzatuvchi: Biz bo‘l...

Pokistondagi Global va strategik tadqiqotlar markazi prezidenti, xalqaro kuzatuvchi Jaffre...

Xitoydagi O‘zbekiston elchixonasi huzuri...

Mamlakatimizning Pekin shahridagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 48- saylov uchastka...

Ispaniyalik kuzatuvchi: O‘zbekistonda qi...

Ispaniya sharqshunoslar uyushmasi bosh kotibi Iso Gil Fuensanta «Dunyo» AA muxbiriga berga...

So`nggi yangiliklar