Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Dekabr/2022   Eksport

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari qabul qilindi

 TOSHKENT, 25-dekabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-dekabr kuni "Tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Mazkur hujjat bilan Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksportoldi moliyalashtirish uchun ajratiladigan resurslardan berilgan kreditlarni o‘z vaqtida so‘ndirib kelayotgan tadbirkorlik subyektlariga amaldagi kreditning so‘ndirilgan qismiga mutanosib ravishda qo‘shimcha kreditlar ajratish imkoniyati yaratilmoqda.

Shuningdek, 2024 yil 1 yanvarga qadar Yevropa, Turkiya, Misr va Marokash davlatlariga gazlama va trikotaj mato mahsulotlarini eksport qilishda transport xarajatlarining 70 foizgacha miqdorida kompensatsiya qilishga subsidiyalar berilishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, paxta, kungaboqar, makkajo‘xori va soya yog‘idan tashqari barcha o‘simlik yog‘larini eksport qilishga ruxsat berilmoqda.

Mazkur farmonning imzolanishi eksportchilarimizning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlarga qo‘shimcha kreditlar ajratish orqali yangi imkoniyatlar yaratilishiga xizmat qiladi.

 

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston joriy yil yanvar-sentyabr oy...

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston 20 ta xorijiy davlatga 7,3 million AQSH...

O‘zbekiston 2021 yilda Rossiyaga eng ko...

O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida qiymati 56,4 million dollarga teng bo‘lgan...

Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan qishl...

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko‘magida Farg‘ona viloyati va Yamal-Nenes avtonom okrugi ...

So`nggi yangiliklar