Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/May/2021   Jamiyat

O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar qabul qilindi


TOSHKENT, 5-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yana-da yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Hujjatga muvofiq, 2021 yil 1 maydan boshlab tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashning quyidagi qo‘shimcha choralari joriy etildi:

a) Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan:

- Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan kichik tadbirkorlik subyektlariga milliy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya, uning belgilangan miqdorlarini saqlab qolgan holda taqdim etiladi;

- «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolarga tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun kredit miqdorining 75 %igacha, biroq BHMning 150 baravaridan ortiq bo‘lmagan tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kafillik beriladi;

- tadbirkorlik subyektlariga bank kreditlari bo‘yicha kompensatsiya va kafilliklar kredit shartnomalari sonidan qatʼi nazar beriladi. Bunda, kompensatsiyalar taqdim etilayotgan kreditlarning umumiy summasi 10 mlrd so‘mdan, kafilliklarning umumiy summasi esa 8 mlrd so‘mdan, biroq umumiy kredit summasining 50%idan oshmasligi lozim;

b) Eksportni rag‘batlantirish agentligi eksport qiluvchilar tomonidan tovarlar ular bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirib to‘lash sharti bilan eksport qilinganda, ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun revolver kreditlarni moliyalashtirishga tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etadi. Bunda ushbu resurslar hisobidan kreditlar to‘lovlar kechiktirilgan muddatga va eksport qilinayotgan mahsulotlar qiymati miqdorida, biroq 3 mln AQSH dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, yillik 4 foizli stavka (shundan, 2%i bank marjasi) bilan ajratiladi;

v) 2021 yil 1 maydan boshlab chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yo‘l qo‘ygan eksport qiluvchilar va «erkin muomalaga chiqarish» bojxona rejimida tovarlarni respublikaga olib kirish va rasmiylashtirishni, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishni o‘z vaqtida taʼminlamagan import qiluvchilar uchun qonunchilikda belgilangan jarima miqdorlari ikki baravarga kamaytiriladi. Bunda 2021 yil 1 may holatiga shakllangan tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga jarimalar qo‘llash to‘xtatiladi va debitor qarzdorlik vujudga kelish muddatlari 2021 yil 1 maydan boshlab yangidan hisoblanadi.

2021 yil 1 iyundan boshlab:

- infratuzilmaga yaqin joylarda, shu jumladan respublika ahamiyatidagi yo‘llarga tutash bo‘lgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha unumdorligi past, foydalanishda bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi yerlarini sanoat va xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etish uchun loyiha asosida investorlarga «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali ajratishga ruxsat beriladi;

- 3 yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida to‘lab kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tadbirkorlik subyektlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi;

3 yildan ortiq vaqtdan buyon tovarlarni import qilish bilan shug‘ullanayotgan, bojxona to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarini bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra to‘lovlarni belgilangan muddatda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi.

Bunda ushbu tartib bo‘yicha garovsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan soliq yoki to‘lovlar summasi tadbirkorlik subyekti tomonidan oxirgi 3 yil davomida to‘langan soliq yoki bojxona to‘lovlari summasining 50 foizidan oshmasligi lozim.

Hujjatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://lex.uz/docs/5382185.

Mavzuga oid

Yil boshidan beri IT-Park rezidentlari t...

Bu haqda bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Axbo...

Amerikalik mutaxassislar: ishlab chiqilg...

Mamlakatmiz elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palata...

Turkiyada o‘zbek tili va adabiyotiga qiz...

Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Nargiza Asa...

So`nggi yangiliklar