Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/May/2020   Jamiyat

O‘zbekistonda tergov va jazoni ijro etish faoliyatida qiynoqning oldini olish qo‘mitasi tashkil etiladi


TOSHKENT, 29- may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida davlatimiz rahbarining «Tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etish faoliyatida qiynoqning oldini olish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur qaror 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish, shuningdek tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etish faoliyatida qiynoqning oldini olish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida ishlab chiqildi.

Qaror loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Qiynoqning oldini olish qo‘mitasini tashkil etish nazarda tutilgan. Ushbu qo‘mita huquqni muhofaza qiluvchi alohida organ, yaʼni insonning qiynoqdan himoya qilishga doir konstitutsiyaviy huquqini taʼminlash bo‘yicha respublika davlat boshqaruvi organi sifatida o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari, ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda amalga oshirishi, o‘z faoliyatida Respublika Prezidenti va Oliy Majlisi palatalariga hisob berishi belgilangan.

Loyihada qo‘mitaning asosiy vazifalari sifatida jismoniy va yuridik shaxslarning qiynoqqa doir murojaatlarini ko‘rib chiqish; qiynoq holatlariga doir ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish; jinoyat ishini yuritish chog‘ida ushlab turilgan shaxslarning yagona elektron reyestrini yuritish; qiynoqdan jabrlangan shaxslarga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararning o‘rni qoplanishini taʼminlash, ularga ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish; qiynoq holatlari sodir etilishiga sharoit yaratgan mansabdor shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish va javobgarlik masalasi hal etilishini taʼminlash nazarda tutilgan.

Shuningdek, loyihada ushlab turilgan va qamoqqa olinganlar sutkaning istalgan vaqtida telefon orqali, shu jumladan videokonferensaloqa rejimidan foydalangan holda murojaat qilishi mumkin bo‘lgan Qiynoqning oldini olish qo‘mitasining “call-markazi”ni tashkil etish belgilangan.

Mavzuga oid

Misrning «Al-Xabar al-youm» gazetasi O‘z...

Misrning «Al-Xabar al-youm» gazetasi O‘zbekiston hayotidagi so‘nggi voqealarga bag‘ishlang...

O‘zbekiston va Ozarbayjon maktab o‘quvch...

Ushbu festivalning asosiy maqsadi kelajakdagi iste’dodlarni aniqlash, ular qobiliyatlarini...

Yevropa Ittifoqi pandemiya sharoitida mi...

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʼyicha maxsus vakili Piter Burian "Dunyo" АА muxbiri...

So`nggi yangiliklar