Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Yanvar/2022   Prezident

O‘zbekistonda To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi

TOSHKЕNT, 24-yanvar. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Prezidentining «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  farmoni qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


Hujjatda mamlakatimizda mavjud xomashyo bazasidan samarali foydalangan holda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ularning eksportini yanada rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish  vazifalari tasdiqlangani o‘z ifodasini topgan.

Ushbu farmon bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi qoshida yuridik shaxs tashkil etmagan holda To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi. Jamg‘arma mablag‘lari Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘lar, O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda undiriladigan yig‘imlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdori,  jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari va  qonunchilik hujjatlari bilan ta’qiqlanmagan boshqa manbalar  hisobidan shakllantiriladi.

Shuningdek, 2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvargacha    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirgan korxonalarga mazkur loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda Jamg‘arma hisobidan subsidiya ajratilishi ko‘zda tutilgan. 

2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvargacha quyidagi manbalardan kelib tushadigan mablag‘lar ham Jamg‘armaga yo‘naltiriladi:

- paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 25 foizi va trikotaj mato eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 100 foizi. Bunda ushbu mablag‘lar bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash uchun ajratiladi;

- paxta ip-kalavasi eksporti uchun undiriladigan yig‘imning 70 foizi. 

Farmonda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Agentlikning talabnomasiga asosan Jamg‘armaga 25 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalashga beg‘araz ajratishi ta’kidlandi.

Moliya vazirligi, ushbu maqsadlar uchun 2022 yilda respublika budjetidan Jamg‘armaga qo‘shimcha ravishda 250 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratishi nazarda tutilgan.

Hujjatga muvofiq, eksport qiluvchilarning eksportoldi moliyalashtirish uchun tijorat banklaridan olgan kreditlari bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya va kafillik berish muddatlari 2024 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.

Farmonga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibini, To‘qimachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni va paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibini tasdiqlaydi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi da...

O‘zbekistonda mis va undan ishlab chiqarilgan mahsulotlar bozorini egallash bo‘yicha juda...

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari ko‘...

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirish masalalarini mu...

O‘zbekiston Prezidenti Yangihayot va Se...

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yangihayot va Sergeli tumanlariga t...

So`nggi yangiliklar