Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2021   Qonunchilik

O‘zbekistonda transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma’muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda

TOSHKЕNT, 1 dekabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Prezidenti «Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma’muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda «Dunyo»  AA muxbiri.


Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, haydovchilar transportni boshqarishda telefondan quloqchinlar orqali va qo‘llarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishi mumkin bo‘ldi.

Bundan tashqari, haydovchilar belgilangan tezlikni oshirib yuborganida qayd etilgan tezlikdan 5 kilometr chegirib tashlab, jazo qo‘llaniladi.

 Hujjatda  haydovchi yonida pasporti yoki ID-kartasi bo‘lganida transportni boshqarish, ro‘yxatdan o‘tkazganlikka oid hujjatlarni, ishonchnomani, sug‘urtani yonida olib yurishi talab etilmasligi (mazkur tartib 2022 yil 1 martdan kuchga kiradi) qayd etildi.

Shuningdek, transport salonining old qismiga monitor (displey) o‘rnatganlik uchun javobgarlik bekor qilindi.

Avtomobilda yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashiganlik uchun fuqarolarga jarima BHMning 30 baravari etib belgilandi (ilgari BHMning 20 baravaridan 100 baravarigacha edi).

Kiritilgan o‘zgartishlarning yana biri xorijiy  valyutalar bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, valyutalarni noqonuniy olganlik uchun jarima miqdori BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha etib belgilandi (ilgari qat’iy BHMning 20 baravari edi).

Mavzuga oid

«O‘zbekiston Respublikasining xalqaro sh...

Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) «O‘zbekiston Respublikasinin...

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING BIOM...

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti (keyingi oʻr...

Qonunchilik palatasida O‘zbekistonda isl...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «O‘zbekistonda islom moliya tizimini tatbiq etish istiq...

So`nggi yangiliklar