Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/May/2021   Iqtisodiyot

O‘zbekistonda Ukraina xalqaro savdo palatasi vakolatxonasi ochiladi


KIYEV, 13-may. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston elchisi Alisher Kurmanov Ukraina xalqaro savdo palatasining (ICC Ukraine) Ukraina Milliy qo‘mitasi prezidenti Vladimir Shelkunov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Ukraina xalqaro savdo palatasi BMT, JST, Jahon banki, XVF, IHTT kabi xalqaro tashkilotlar bilan faol aloqada bo‘lgan tadbirkorlarni birlashtiruvchi yirik uyushmalardan biri hisoblanadi.
Uchrashuv chog‘ida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, O‘zbekistondan Ukrainaga tovar va savdo belgilarni targ‘ib qilish bo‘yicha o‘zaro aloqalar o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
Mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish, mamlakatimizga Ukraina ishbilarmonlari missiyasini shakllantirish, shuningdek, O‘zbekistondagi sheriklar bilan videokonferensaloqa orqali maslahatlashuvlar o‘tkazish xususida fikr almashildi.
Muloqot natijasida O‘zbekistonda ICC Ukrainening vakolatxonasini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

Xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekist...

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tomonidan onlayn t...

Farg‘ona xalqaro aeroportidan yuklarni x...

17 yillik tanaffusdan so‘ng Farg‘ona xalqaro aeroportidan yuklarni xorijiy davlatlarga to‘...

Yevropa komissiyasi O‘zbekistonga “GSP+”...

Yevropa komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan “GSP+” Preferensiyalar bosh tizimi ...

So`nggi yangiliklar