25/Mart/2023 Jamiyat
DUBAY, 25-mart. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Birlashgan Arab Amirliklaridagi diplomatik missiyalari ko‘magida Dubaydagi «Palm Jumeirah» sunʼiy orolida Navro‘z sayli o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Bayram munosabati ushbu orolchadagi «The point» favvorasi O‘zbekiston davlat madhiyasi sadolari ostida mamlakatimiz bayrog‘i ranglariga burkandi.
Tadbirning madaniy qismida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov o‘zining yakkaxon konsert dasturini namoyish qildi.
Dilomatik vakolatxona va Dubaydagi “ZOR” o‘zbek milliy restorani rahbariyati tomonidan vatandoshlar uchun bayramona dasturxon yozildi.
Navro‘zi olam munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu tadbir tafsilotlari mahalliy ommaviy axborot vositalari va faol vatandoshlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida keng yoritildi.