Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Oktabr/2020   COVID-19

O‘zbekistonda yana 113 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi


TOSHKENT, 29-oktabr. /“Dunyo” AA/. 29 oktyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 113 taga ortib, umumiy kasallanganlar 66 ming 313 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 11 nafari Andijon viloyatida, 7 nafari Buxoro viloyatida, 6 nafari Jizzax viloyatida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida, 5 nafari Samarqand viloyatida, 14 nafari Sirdaryo viloyatida, 8 nafari Surxondaryo viloyatida, 7 nafari Farg‘ona viloyatida, 18 nafari Toshkent viloyatida, 24 nafari Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 63 ming 446 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 ming 307 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda yana 16 kishida koronaviru...

2020- yil 2- iyun soat 10:00 holatida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan ...

O‘zbekistonga Koreya Respublikasidan ins...

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha x...

7 iyul kuni O‘zbekistonda 308 kishida ko...

Kecha, 7 iyul kuni mamlakatimizda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 308 holat qayd eti...

So`nggi yangiliklar