Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Iyun/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekistonda Yaponiyaning teletabobat sohasidagi tajribasidan foydalanish masalalari muhokama etildi


TOKIO, 22-iyun. /“Dunyo” AA/. Samarqand davlat tibbiyot instituti, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Andijon tibbiyot instituti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va “IT-MED” kompaniyasi vakillarining Yaponiyadagi «Nomura Reserch» tadqiqot instituti eksperti Mayuko Taniguchi bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi ko‘magi bilan video konferensiya aloqasi vositasida tashkil etilgan ushbu tadbir chog‘ida tomonlar O‘zbekistonda teletabobat sohasidagi loyihalarni hayotga tadbiq etish hamda respublikamiz oliy taʼlim muassasalarida bunday loyihalarga bo‘lgan zarurat bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Mayuko Taniguchining qayd etishicha, Yaponiyaning vazirlik va idoralari xususiy jabha va tibbiyot muassasalari ishtirokida teletabobat sohasidagi loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdordir. Xususan, «Doctor to Doctor», “i-Stroke” tizimlaridan qo‘llanish istiqbollarini yoki yapon ishlab chiqaruvchilarining (MRT, kompyuter tomografiyalari va boshqa anjomlar) tibbiy uskunalaridan foydalanishni ko‘rib chiqish mumkin. Shuningdek, Yaponiya oliy o‘quv yurtlari ham o‘zaro hamkorlik yuzasidan qiziqish namoyon etmoqda. Masalan, Juntendo universiteti rentgenologiya sohasida teletabobatni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarda ishtirok etishga tayyorligini bildirmoqda. Ushbu loyiha mutaxassislar tayyorlash hamda tibbiy xizmatlar sifatini oshirishni ko‘zda tutadi.

Ishtirokchilar tarkibini belgilab olish zarurligi, O‘zbekiston tomonining bu yo‘nalishdagi aniq loyihalardagi ehtiyoji, eng o‘tkir, jumladan, tez tibbiy yordam ko‘rsatish nuqtai nazaridan mavjud muammolarni aniqlash, tijoriylashtirish, moliyalashtirish  masalalarini hal etish va boshqalar dastlabki qadam sifatida qayd etildi.

Tadbir so‘nggida ishchi guruhini shakllantirish va tibbiy loyihalarni ishlab chiqish uchun aniq masalalar ro‘yxatini, shuningdek,  mamlakatimizda teletabobatni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan oliy o‘quv yurtlarining umumiy nuqtai nazarini «Nomura Reserch» kompaniyasiga yuborish yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid

BMT sobiq Bosh kotibi Pan Gi Munning yan...

Mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi xodimlari Global yashil o‘sish insti...

American Councils O‘zbekistonga 1000 ga ...

O‘zbekiston elchisi Javlon Vahobov Xalqaro taʼlim bo‘yicha Amerika kengashlari (American C...

Turkiyadan munosabat: O‘zbekiston tom ma...

Mamlakatimiz elchixonasi hamda Turkiya madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Xorijdagi ...

So`nggi yangiliklar