Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Avgust/2021   Eksport

O‘zbekistonda yetishtirilgnan yeryong‘oqning birinchi turkumi Buyuk Britaniyaga jo‘natildi


TOSHKЕNT, 13 avgust. /«Dunyo»  AA/.  «Global Export» kompaniyasi mamlakatimizning Londondagi elchixonasi hamda Investitsiya va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi ko‘magida 24 ming dollar miqdoridagi O‘zbekistonda yetishtirilgan yeryong‘oqning birinchi turkumini Buyuk Britaniyaga jo‘natdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA  muxbiri.
Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy diplomatiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, «Global Export» O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha eng yirik va jadal rivojlanayotgan kompaniyalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunga kelib kompaniya dunyoning 30 dan ortiq mamlakatiga o‘zbek mahsulotlarini yetkazib berishni samarali yo‘lga qo‘ygan. Ushbu mahsulotlarga xorijiy xaridorlar tomonidan katta ishonch bildirilmoqda.
Kelgusida eksport hajmini tizimli ravishda oshirish ko‘zda tutilmoqda. Bu, o‘z navbatida, ichki mahsulotlarning yangi bozorlardagi mavqeini mustahkamlashga yordam beradi.
Iqtisodiy diplomatiya departamenti xodimlarining qayd etishlaricha, faol iqtisodiy diplomatiyani amalga oshirish va ichki eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash milliy mahsulotlarni tashqi bozorlarda targ‘ib qilishga hissa qo‘shadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston mahsulotlarining Buyuk Britaniya bozorlaridagi raqobatbardoshligini oshirishda transport xarajatlarining ma’lum  qismini qoplash shaklidagi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ham muhim ahamiyatga ega.

Mavzuga oid

Farg‘onadan Janubiy Koreyaga 52 tonna gi...

Kecha, Farg‘ona xalqaro aeroportidan tashkil etilgan “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniya...

Dubaylik tadbirkorlar Farg‘ona meva-sabz...

Dubayning “Choithrams” supermarketlar tarmog‘i, "Umer Ali Trading" va "The house of organi...

ITSV: O‘zbekiston sakkiz oydan buyon o...

Iqtisodiy o‘sish sharoitida O‘zbekiston katta va kichik biznes sub’ektlari jahon bozoriga ...

So`nggi yangiliklar