Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Aprel/2021   Qonunchilik

O‘zbekistonda yoshlarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlashning soddalashtirilgan tizimi yaratiladi

TOSHKENT, 20-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Qarorda O‘zbekiston Prezidentining «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmonida belgilangan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, nufuzli ilmiy maktablarni shakllantirish hamda ularning ilmiy salohiyatini yana-da oshirishga oid vazifalar belgilandi.

Unga ko‘ra, hududlarda ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy va startap loyihalarini moliyalashtirish maqsadida ilmiy dasturni amalga oshirish uchun ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari mablag‘lari hisobidan 50 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Yoshlar uchun eʼlon qilinadigan startap loyihalari tanlovi talablari soddalashtiriladi. 

 Hujjat bilan 2021 yildan boshlab har yili kamida bir marta respublikada ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlar o‘rtasida «Akademik harakatchanlik» dasturi asosida «Bo‘lajak olim» tanlovi o‘tkaziladi.

«Bo‘lajak olim» tanlovini tashkil etish va moliyalashtirish uchun har yili ilmiy faoliyatga oid davlat dasturi doirasida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan 50 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘ ajratiladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Akademik harakatchanlik” dasturi bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov natijalariga muvofiq g‘oliblarga ilmiy tashkilotlar, oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlar huzuridagi ilmiy tuzilmalarning zamonaviy asbob-uskunalaridan foydalanish huquqi beriladi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, iqtidorli yoshlarning ilmiy g‘oyalarini rag‘batlantirish, ularning xorijiy universitetlar va ilmiy markazlarga qisqa muddatli stajirovkalari tashkil etish tizimi ishlab chiqiladi.

Iqtidorli yoshlar xorijiy oliy taʼlim muassasalarida va ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli stajirovka o‘tashga davriy ravishda, tanlov asosida, har yili kamida bir marotaba yuboriladi.

Mavzuga oid

Deputatlar «Saylov qonunchiligi takomill...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar «Saylov qonunchiligi ...

O‘zbekistonda Advokatura institutini tak...

Qaror loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi p...

Matematika sohasidagi taʼlim sifatini os...

Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora...

So`nggi yangiliklar