Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Aprel/2020   Jamiyat

O‘zbekistondagi “Applied Solar Energy” xalqaro ilmiy jurnali dunyo reytingida yuqoriladi


TOSHKENT, 28-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistondagi yagona xalqaro ilmiy jurnal “Applied Solar Energy” (“Geliotexnika” jurnalining ingliz tilidagi nashri) “Scopus” xalqaro bibliografik va referativ maʼlumotlar bazasida bir pog‘ona yuqoriladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri O‘zA manbasiga asoslanib.

Ushbu ilmiy nashr reytingining yuqorilashi tahrir kengashi aʼzolarining jahonda tan olingan yetuk mutaxassis ekani hamda Polshaning “Plagiat.pl” kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik natijasida antiplagiat tizimining mamlakatda birinchilardan bo‘lib qo‘llab kelinayotgani tufaylidir.

Jurnalda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarining muntazam chop etib kelinmoqda. Jurnalni tayyorlashda Yevropa mamlakatlari, AQSH, Rossiya, Xitoy, Hindiston kabi rivojlangan davlatlar ilmiy markazlari mutaxassislari jalb qilingan.

 Mazkur nashrning dunyo ilmiy hamjamiyati maʼlumotlar bazasida sezilarli o‘ringa ega bo‘lishida, avvalambor, “Geliotexnika” ilmiy jurnali bosh muharriri, qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida yetuk olima Nilufar Avezovaning alohida xizmati bor. U o‘z faoliyati davomida jurnalning ilmiy ahamiyati va saviyasini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Uning rahbarligida jurnalning jahon andozalari darajasidagi veb-sayti yaratilgan.

 Mazkur nashr 2017-yilda “Clarivate Analytics” kompaniyasi tomonidan Markaziy Osiyodagi eng yaxshi ilmiy jurnal, deb topildi va “Web of Science Awards 2017” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Mavzuga oid

Tokioda Toshkent metropoliteni haqidagi ...

Yaponiya poytaxtida Toshkent metropoliteniga bag‘ishlab chop etilgan kitob taqdim etildi....

Ozarbayjonda «Qiyosiy adabiyotshunoslik»...

Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti «Qiyosi...

Tojikistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston f...

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi COVID-19 koronavirusi pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan...

So`nggi yangiliklar