Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Aprel/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Fransiya musulmon sivilizatsiyasi instituti o‘rtasida hamkorlik o‘rnatiladi


PARIJ, 16 aprel. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Fransiyadagi  elchixonasi ko‘magida Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining o‘rinbosari F.Halimov va Fransiya musulmon sivilizatsiyasi instituti raisi K.Kabtan o‘rtasida videomuloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo». AA muxbiri

Veb-tadbirda mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik sohasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Islom dini sohasidagi boy ilmiy-tarixiy merosimizni o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida davlatimiz rahbariyati tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy, Imom Buxoriy hamda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etilganligi bildirildi.

K.Kabtan yurtimizda islom dinini chuqur o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi. U Islom sivilizatsiyasi markazi va Fransiya musulmon sivilizatsiyasi institutining islom dinining sof qadriyatlari, madaniyati va tarixini targ‘ib qilish bo‘yicha hamkorlik qilishi uchun keng imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.

Fransiya musulmon sivilizatsiyasi instituti  raisi O‘zbekistonga kelish va mamlakatimizning muqaddas qadamjolarini ziyorat qilish, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish niyatida ekanini izhor qildi.

Muloqotda, shuningdek, Fransiyaning musulmon jamoatchiligi orasida O‘zbekistonning boy madaniy, tarixiy va ziyorat turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda ilm-fan yo‘nalishida Hamkorlik memorandumini tuzish va muntazam maslahatlashuvlarni o‘tkazish bo‘yicha bir to‘xtamga kelindi.

Mavzuga oid

Buyuk Britaniyada Alisher Navoiy tavallu...

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tomonidan joriy yil 8 fevral kuni buyuk s...

O‘zbekiston va Janubiy Koreya mintaqalar...

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Vitaliy Fen Kyonsan-Pukto provinsiyasi gubernat...

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchi...

Inson bilib-bilmay jinoyatga qo‘l urishi, chet davlatlarga vaqtincha mehnat qilish yoki bo...

So`nggi yangiliklar