Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Iyun/2021   Sayyohlik

O‘zbekistondagi ko‘hna islom me’morchiligi durdonalari


TOSHKЕNT, 21 iyun. /«Dunyo» AA/. Madaniy meros jamiyat asosini, xalqimizning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ma’naviy qadriyatlari va an’analarini mustahkamlovchi omil hisoblanadi. Shu bois ushbu bebaho boylikni ko‘z qorachig‘idek avaylab asrash va keng targ‘ib qilish barchamizning muqaddas burchimizdir.

Bugungi kunda moddiy va nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda O‘zbekistondagi 4 ta me’moriy majmua – Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari YUNESKO Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga esa Boysun madaniy makoni, Shashmaqom mumtoz musiqasi, Katta ashula, Askiya san’ati, Navro‘z, Palov madaniyati va an’analari, Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi: adras va atlas tikish, Xorazm raqsi – Lazgi kabilardan iborat 8 ta ob’ekt kiritilgan.

O‘zbekiston 1993 yildan buyon YUNESKOga a’zo bo‘lgan. Shu paytga qadar mamlakatimiz sohaga taalluqli barcha asosiy xalqaro hujjatlariga qo‘shilish choralarini ko‘rib, ularning normalarini milliy qonunchilikka joriy qilib kelmoqda.

Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilingan “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”, “Muzeylar to‘g‘risida”, “Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlar asosida insoniyat tamadduni rivojida muhim o‘rin egallagan qadimgi va o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan shaharlar xarobalari, monumental san’at yodgorliklari, alohida aholi ziyoratgohlari, me’morchilik merosi yodgorliklarini saqlab qolish, ta’mirlash va o‘rganishda davlatimiz tomonidan keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Qayd etish joiz, so‘nggi yillarda O‘zbekiston hududidagi noyob madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, tarixiy shaharlarning bosh loyihasi va menejment rejasini YUNESKO xalqaro standartlari hamda talablariga muvofiq ishlab chiqishda mazkur tuzilmaning xalqaro ekspertlari ham keng jalb etilmoqda. YUNESKO bilan yaqin hamkorlikda moddiy va nomoddiy meros ob’ektlarini asrashga doir xalqaro anjumanlar uyushtirilmoqda.

Hozirgi kunda davlat muhofazasiga olingan 8 mingdan ortiq madaniy meros ob’ekti bo‘lib, shundan 2330 tasi me’morchilik, 3945 tasi arxeologik, 1138 tasi monumental yodgorliklar va 157 tasi diqqatga sazovor maskanlardir. Muqaddas qadamjolar hamda ziyoratgohlar, e’tiborga tushgan joylarni tiklash va ta’mirlash ishlari butun mamlakat bo‘ylab amalga oshirilmoqda.

Samarqanddagi Shohi Zinda, Registon, Bibixonim, Ruhobod, Amir Temur maqbarasi, Buxorodagi Kalon masjidi va minorasi, Mir Arab madrasasi, Labi Hovuz va Bolo Hovuz majmualari hamda boshqa ko‘plab qadimgi, o‘rta asrlardagi me’morchilik durdonalari xalqimizning yuksak ijodkorlik mahorati namunasidir.

Mavzuga oid

Buxoro viloyati delegatsiyasi Sankt-Pete...

Buxoro viloyati delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburgga keldi.

O‘zbekiston turizm salohiyati Dehlida ta...

Hindistonning yetakchi sayyohlik nashrlaridan biri «Travel Jingles» jurnali tomonidan Dehl...

O‘zbekiston turizm va investitsiya saloh...

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Aʼzamov va «JTA In...

So`nggi yangiliklar