Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Mart/2023   Konstitutsiyaviy islohotlar

O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar Turkmaniston ommaviy axborot vositalari nigohida

ASHXOBOD, 25-mart. /“Dunyo” AA/. Oliy Majlis Senati qo‘mita raisi Boriy Alixonovning «Ekologik huquqga oid normalar Konstitutsiyada mustahkamlanmoqda» sarlavhali tahliliy maqolasi Turkmanistonning «News Central Asia» AA portalida ingliz tilida  eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Nashrda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar va unda ekologik muommolarga oid normalarni yana-da mustahkamlash bo‘yicha kiritilayotgan o‘zgartishlar qalamga olingan.

Muallif yozganidek, bugun hayotimizda chuqur sifat o‘zgarishlari ro‘y beryapti. Tub islohotlar esa jamiyatimizning tamoman yangicha qiyofasini shiddat bilan shakllantirmoqda. O‘zbekistonda mutlaqo yangi davr boshlandi. Bu majoziy o‘xshatish emas, ayni haqiqatdir.

«O‘zgartishlar kiritilayotgan Konstitutsiyamizda fuqarolarning ekologik huquqlarini taʼminlashga bag‘ishlangan maxsus normalar, xususan, har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqiga ega ekanligi, davlat tomonidan atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash, Orolbuyi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash yuzasidan choralar ko‘rilishi belgilanmoqda», deyiladi materiada.

Ushbu konstitutsiyaviy norma Yangi O‘zbekistan taraqqiyot strategiyasida belgilangan 2026 yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish, 2030 yilga borib esa qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvati 15 ming Mvt.ga tengbo‘lishi evaziga iqtisodiyot tarmoqlarining havoga chiqaradigan zararli gazlar hajmini 10 foizga qisqartirish kabi maqsadlarga erishish uchun poydevor bo‘ladi.

«Bu normalar tabiiy zaxiralar qisqarayotgan, global iqlim o‘zgarishi ekologiya va tabiat bilan bog‘lik muammolar insoniyat kelajagiga tahdid solayotgan hozirgi davrda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini taʼminlash va atrof-muhitga zararli taʼsir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishi belgilab qo‘yilmoqda», deb qayd etiladi materialda.

  Maqolada davlat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko‘rishi  maʼlum qiligan.

«Konstitutsiyaviy qonun loyihasida  ekologik muammolarga oid yangi normalarning belgilanishi aholi va kelajak avlod uchun qulay hamda ekologik toza hududni saqlab qolish, Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi odamlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ishsizlikni kamaytirishni taʼminlashning konstitutsiyaviy kafolatlarini yaratadi», deb yozadi  «News Central Asia» AA.

Mavzuga oid

«Rossiyskaya gazeta»: Yangi O‘zbekiston ...

«Rossiyskaya gazeta» sahifasida Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, iqt...

O‘zbekiston delegatsiyasi Seulda Koreya ...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ...

Erondagi vatandoshlar ishtirokida O‘zbek...

Joriy yilning 21 iyul kuni mamlakatimizning Erondagi elchixonasida shu davlatda tahsil ola...

So`nggi yangiliklar