Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Avgust/2022   Iqtisodiyot

O‘zbekistondagi xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning ko‘pchiligi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi

TOSHKENT, 17-avgust. /“Dunyo” AA/. 2022 yil 1-avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 14 546 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 602 taga ko‘paydi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Davlat Statistika qo‘mitasi maʼlumotlarida qayd etilishicha, ularning hududlar kesimidagi  ko‘rinishi quyidagicha:

Toshkent shahri – 8 793 ta

Toshkent viloyati – 1 556 ta

Samarqand viloyati – 682 ta

Surxondaryo viloyati – 600 ta

Farg‘ona viloyati – 554 ta

Andijon viloyati – 400 ta

Buxoro viloyati – 378 ta

Namangan viloyati – 306 ta

Navoiy viloyati – 250 ta

Qashqadaryo viloyati – 241 ta

Jizzax viloyati – 212 ta

Sirdaryo viloyati – 210 ta

Xorazm viloyati – 185 ta

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 179 ta

O‘zbekiston bilan iqtisodiy hamkorlikda anʼanaviy ravishda yetakchi bo‘lib kelayotgan davlatlar bu sohada ham ana shunday o‘rinlarni egallab kelmoqda: faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning aksariyati Rossiya (2705), Turkiya (2050), Xitoy (2036), Qozog‘iston (1182) va Janubiy Koreya (906) kapitali hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid

Parijda energetika muhandisligi sohasida...

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari energetika sohasida milliy kadrlarni zamonaviy amaliyot ...

Sirdaryo viloyati va Sibir o‘lkasi hudud...

Mamlakatimiz Bosh konsulligi ko‘magida Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev boshch...

O‘zbekiston Jahon savdo tizimiga integra...

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi mamlakat iqtisodiyotining joz...

So`nggi yangiliklar