Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Avgust/2022   Sayyohlik

O‘zbekistondagi ziyoratgohlar ro‘yxati yagona milliy sayyohlik axborot portaliga joylashtirildi

TOSHKENT, 17-avgust. /“Dunyo” AA/. Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga 2022 yil 1 sentyabrga qadar respublikadagi muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarning ro‘yxatini shakllantirish va “Uzbekistan.travel” yagona milliy turistik axborot portaliga joylashtirish vazifalari yuklatilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida alohida qayd etilgan,

“Shunga asosan, respublika hududlarining “chorlovchi nuqta”si sifatida turizm yo‘nalishlariga kiritish yuzasidan respublikadagi muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarning ro‘yxati shakllantirilib, ziyoratgohlar nomi, obyektning tashqi tomondan ko‘rinishi aks etgan suratlari, manzili hamda obyekt to‘g‘risida qisqacha maʼlumotlar “Uzbekistan.travel” yagona milliy turistik axborot portaliga joylashtirildi”, deb yozadi Turizm va madaniy meros vazirligi sayti.

Mavzuga oid

«Azie Magazine»: Toshkent metrosi Londo...

Niderlandiyalik jurnalist Jon Reynxardt mamlakatdagi nufuzli "Azie Magazine" jurnalida Tos...

Portugaliya sayyohlik kompaniyalari bila...

Portugaliya sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikning rivojlantirish bo‘yicha muzokarala...

Mashhur sayohatchi Kiko Mizuhara Xivada ...

Shu kunlarda Xivada bo‘lib turgan mashhur yaponiyalik sayohatchi Kiko Mizuhara mahalliy xo...

So`nggi yangiliklar