17/Avgust/2021 Eksport
TOSHKENT, 17 avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, 2021 yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekiston 10 ta xorijiy davlatga qiymati 6,5 million dollarga teng bo‘lgan konditsioner mahsulotlari eksport qilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Konditsioner eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 mln. AQSH dollariga oshgan.
Mamlakatimiz sanoatchilari Ozarbayjon, Tojikiston, Rossiya, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Afg‘oniston, Yaman, Turkiya kabi davlatlarga konditsioner eksport qilgan.