Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Iyun/2022   Parlament

O‘zbekistondan qimmatbaho kitoblar AQSH Kongressi kutubxonasiga topshirildi

TOSHKENT, 17-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya AQSHga tashrifi davomida Kongress kutubxonasiga «O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida» loyihasi doirasida chop etilgan kitoblar to‘plamini topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, marosimda o‘zbek tilidagi kutubxona to‘plamlari saqlanayotgan Yaqin Sharq va Afrika adabiyoti bo‘limi direktori Joan Viks hamda Arab dunyosi bo‘limi boshlig‘i Muxannad Salxi ishtirok etdi.

Suhbat avvalida taqdim etilgan kitoblar nafaqat AQSH ilmiy-tadqiqot hamjamiyati vakillari, balki keng xalqaro auditoriyada ham qiziqish uyg‘otishi taʼkidlandi.

Xususan, o‘zbek xalqining tarixiy, madaniy va intellektual merosini asrab-avaylash, boyitish va kengaytirish masalalariga shaxsan Prezident Shavkat Mirziyoyev eʼtibori tufayli amalga oishirlayotgan “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” loyihasi AQSH kitobxonlarini hayratga sola oladi, deb hisoblaydi Joan Viks.

Taqdim etilgan kitoblar uchun chuqur minnatdorlik bildirgan AQSH Kongressi kutubxonasi vakillari o‘zbek olimlarining ushbu qimmatli asarlari ularning kutubxona to‘plamida munosib o‘rin egallashini taʼkidladi.

Tadqiqotchilarni Markaziy Osiyo va o‘rta asr Sharqiga mansub, ayrimlari 7 asrga oid nodir asarlar, tarixiy hujjatlarning noyob qo‘lyozma namunalaridan iborat faksimil qo‘lyozmalar hayratga soldi va quvontirdi.

Tadbir yakunida kutubxona ekspertlari, O‘zbekiston va AQSH ilmiy doiralari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish, tarixiy qo‘lyozmalarni birgalikda raqamlashtirishga kelishib olindi.

Xususan, Amerika tomoni AQSH Kongressi kutubxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi Sharqshunoslik instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qiziqish bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senati raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Amerika Qo‘shma Shtatlarida AQSH Davlat kotibining Fuqarolar xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Uzra Zeya, AQSH Kongressi Tashqi ishlar qo‘mitasidagi Osiyo, Tinch okeani va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha quyi qo‘mita raisi, Kaliforniya shtatidan saylangan kongressmen-demokrat Ami Bera, AQSHning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha komissiyasining (Xelsinki komissiyasi) katta siyosiy maslahatchisi Jenis Xelvig bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Mavzuga oid

Senat qo‘mitasi yig‘ilishida bo‘lajak ya...

Kecha Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy inve...

Senat qo‘mitasida «O‘zbekiston Respublik...

Bugun Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasini...

O‘zbekiston elchisi Latviya Seymi Prezid...

O‘zbekiston elchisi Qadambay Sultonov Latviya Seymi kotibi, Prezidium aʼzosi, Latviya par...

So`nggi yangiliklar