Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Iyun/2021   Madaniyat

«O‘zbekistonga oid xorijdagi qo‘lyozma asarlar reyestri. Tom 1» kitobi Tojikistonda taqdim etildi


DUSHANBЕ, 21 iyun. «Dunyo» AA/. Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Tojikiston Milliy kutubxonasida Madaniyat vazirligi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi ko‘magida nashr etilgan «O‘zbekistonga oid xorijdagi qo‘lyozma asarlar reyestri. Tom 1» kitobining  taqdimoti o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Taqdimot avvalida Tojikiston Milliy kutubxonasi direktorining o‘rinbosari Gadobek Mahmudov bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.  Uchrashuv davomida  ikki mamlakat kutabxonalari o‘rtasida aloqalarni  faollashtirish, hamkorlikda adabiy kechalar tashkil etish, o‘zbek adabiyoti vakillarining Tojikistonga, tojik adabiyoti namoyondalarining O‘zbekistonga ijodiy safarlari yuzasidan fikr almashildi.

«O‘zbekistonga oid xorijdagi qo‘lyozma asarlar reyestri. Tom 1» kitob taqdimoti chog‘ida ushbu risolaning yaratilish tarixi haqida batafsil  ma’lumot berildi.

O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi «O‘zbekistonga oid xorijda saqlanayotgan madaniy boyliklar reyestrini yaratish, nodir qo‘lyozma asarlarning faksimilesini nashr etish» mavzusidagi ilmiy loyiha doirasida chet mamlakatlarda saqlanayotgan yurtimizga oid qo‘lyozmalar haqidagi ilmiy tadqiqotlarning dastlabki qismini o‘z ichiga qamrab olgan ushbu kitobda dunyoning turli mamlakatlarida saqlanayotgan 1001 ta qo‘lyozma asar haqidagi ma’lumotlar kiritilgani tojik tomonida katta qiziqish uyg‘otdi.

Tojikiston Milliy kutubxonasi direktori o‘rinbosari Gadobek Mahmudovning ta’kidlashicha, katta mehnat sarflangan va yozma manbalar asosida tuzilgan ushbu kitob tarixchi olimlar, tarixni sevadigan yoshlar uchun katta boylikdir. Unga ko‘ra, kitob nafaqat O‘zbekiston olimlari, balki butun Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixchilari uchun muhim ahamiyatga ega.

«Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston madaniy merosini chuqur o‘rganish va uni umumbashariy madaniy boyliklar sirasida tutgan o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur kitob nashri fikrimiz isbotidir», - dedi G.Mahmudov.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Ozarbayjon sozandalari on...

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi tashabbusi bilan 18-sentabr – Xalqaro ...

Ispaniya nashrida Xalqaro hunarmandchili...

Ispaniyaning ixtisoslashgan «OficioyArte» jurnalida Ispaniya hunarmandlari tashkiloti dele...

“O‘zbekkino” va taniqli aktyor Farhod Ma...

«O‘zbekkino» Milliy agentligida Farhod Mahmudov bilan Butunrossiya davlat kinematografiya ...

So`nggi yangiliklar