Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Yanvar/2021   Iqtisodiyot

O‘zbekistonga Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih boshchiligidagi delegatsiya keldi

TOSHKENT, 23-yanvar. /“Dunyo” AA/. Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih boshchiligidagi delegatsiya kecha kechqurun Buxoro shahriga keldi, de xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov saudiyalik mehmonlar bilan uchrashdi. Tadbirda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmonlar kengashi va biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri bugun, shuningdek, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri J.Xodjayev va Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov bilan uchrashishi kutilmoqda.

Delegatsiya bugun kechqurun Toshkentga keladi.

Tashrif dasturiga binoan saudiyalik mehmonlar O‘zbekiston vazirlik va idoralarida muzokaralar o‘tkazadi.

Yakshanba kuni mehmonlar Sirdaryo viloyati Shirin shahrida yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilish ishlari boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil mart oyida Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi bilan hamkorlikda Shirin  shahrida 1 500 MVt quvvatga ega elektr stansiyasini  qurish bo‘yicha 1,2 milliard dollar miqdorida investitsiya shartnomalari imzolangan edi.

Shuningdek, «ACWA Power» kompaniyasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalari hisobiga Buxoro va Navoiy viloyatlarida qiymati 1 milliard dollarga teng, quvvati 1000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini bunyod etish bo‘yicha yangi investitsiya bitimi imzolanishi kutilmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekistonda ilk marotaba “QuWatt” bren...

“Buxoro” neftni qayta ishlash zavodida “QuWatt” brendi ostida AI-95 rusumidagi avtobenzin...

Hindistonlik investor – O‘zbekistonda xo...

Mamlakatimizda jadal kechayotgan o‘zgarishlar bugun davlat va jamiyat

Turkiya investorlari bilan ilg‘or tajrib...

Bugun Davlat aktivlarini boshqarish agentligida Turkiya Buyuk millat majlisining Rejalasht...

So`nggi yangiliklar