Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Iyun/2022   Dolzarb

O‘zbekistonga Vengriya qishloq xo‘jaligi vaziri boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi

 VENA, 25-iyunya. /IA “Dunyo”/. O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi Abat Fayzullayev Vengriya Qishloq xo‘jaligi vazirligi xalqaro aloqalar bo‘yicha davlat kotibi o‘rinbosari Oskar Okryosh bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Tadbirda oliy va yuqori darajadagi rasmiy tashriflar yakunlari bo‘yicha qabul qilingan “Yo‘l xaritalari”da belgilangan qishloq xo‘jaligi sohasidagi qo‘shma loyihalarning amalga oshirish, shuningdek, Vengriya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik jadal rivojlanayotganligi va tegishli idoralar o‘rtasida yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilganligi qayd etildi, jumladan, hamkorlikning natijalaridan biri sifatida O‘zbekistonda samarali faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston-Vengriya Kartoshkachilik ilmiy markazi ko‘rsatib o‘tildi.

2021-yil 17-fevral kuni O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi asosida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida tashkil etilgan ushbu markaz kartoshkachilik sohasida keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib borish, Vengriyadan keltirilgan navlarni sinovdan o‘tkazish va urug‘lik kartoshka yetishtirish bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida Oskar Okryosh Vengriya qishloq xo‘jaligi vaziri Ishtvan Nad boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo va kuzatuvchi mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi vazirlari birinchi yig‘ilishida ishtirok etishini maʼlum qildi.

Vengriya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi davomida
1-Turkiy agroforumda qatnashish, shuningdek, mamlakatimizning bir qator vazirlik va idoralarida uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, tashrif dasturidan Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilish ham o‘rin olgan.

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston delegatsiyasi IHT Tashqi ish...

Kecha Islomobodda O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya ...

Latviyadan munosabat: O‘zbekiston-Ozarba...

Latviya Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq siyosiy tadqiqotlari xalqaro institutining prezident...

25 aprel kuni Toshkentda “INNOPROM” ikki...

25-27 aprel kunlari “O‘zekpomarkaz” MKMda «INNOPROM. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko‘rga...

So`nggi yangiliklar