Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/Iyun/2023   Sport

O‘zbekistonlik velosportchi Serbiyada o‘tkazilgan poygada ikkinchi natijani qayd etdi

TOSHKENT, 6 iyun. /“Dunyo” AA/. Jori yilning 3-4 iyun kunlari Serbiya poytaxtida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha «Belgrade Grand Prix woman tour» xalqaro  musobaqasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar  bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Milliy Olimpiya qo‘mitasi  maʼlumotiga ko‘ra, ikki bosqichdan iborat «2.2 - Stages - Class 2»  tasnifidan o‘rin olgan  mazkur  turnirda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ham ishtirok etdi.

Musobaqaning ikkinchi kun poygasi hamyurtlarimiz uchun omadli o‘tdi. Unda «Tashkent City Women Professional Cycling Team» klubi aʼzosi Nafosat Koziyeva ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ahamiyatlisi, 80 km. masofaga kechgan poygada 4 nafar sportchi finishda bir xil natija (2 soat, 5 daqiqa, 49 soniya) ko‘rsatdi. Bir necha santimetrlar g‘olib nomini aniqlab bergan dasturda kuchli to‘rtlik quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Monika Brzezna (Polsha)

 2. Nafosat Koziyeva (O‘zbekiston)

 3. Alina Bogdan (Ukraina)

 4. Shahnoza Abdullayeva (O‘zbekiston)

Musobaqa yakunida 3 nafar hamyurtimiz Sofiya Karimova (6), Yanina Kuskova (8), Margarita Misyurina (10) kuchli o‘nlikdan joy olib, Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun reyting ochkolarini jamg‘arishdi. Reglamentga muvofiq, har ikki bosqichda kuchli beshlikdan joy olgan atletlar ham o‘z hisoblarini qimmatli ochkolar bilan boyitib olishdi. Yana bir ahamiyatli tomoni, Sofiya Karimova 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar orasida umumiy hisobda uchinchi natijani qayd etdi.

Mavzuga oid

Osiyo Olimpiya kengashi rahbariyati “Tos...

Osiyo Olimpiya kengashi bosh direktori Husayn Al-Musallam, Osiyo Olimpiya kengashining Osi...

Janubiy Koreya elchisi O‘zbekiston davla...

Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi elchisi Kan Je Kvon O‘zbekiston davlat jismoniy t...

O‘zbekiston qilichbozlik sporti tarixida...

O‘zbekiston qilichbozlik sporti tarixida yosh atlet Zuhriddin Qodirov jahon chempionatida ...

So`nggi yangiliklar