Uz / Ўз Ru En

Toshkent

08/Sentabr/2020   Sport

O‘zbekistonlik chavandoz Latviyadagi turnirda g‘alaba qozondi.


TOSHKENT, 8-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Latviya poytaxti Riga shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha «FEI CSI2*-W» xalqaro turniri o‘tkazildi. Dunyoning 50 ga yaqin mamlakatlaridan kelgan chavandozlar ishtirok etgan xalqaro turnirda hamyurtimiz Abdurahmon Abdullayev Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri

Yurtdoshimiz dastlab “Camerlane” laqabli tulporida to‘rtinchi o‘rinni qayd etdi. Keyin esa «For Fan» laqabli otida muvaffaqiyat qozondi. Ushbu bosqichdagi eng yaxshi natija 38,58 soniya – aynan yurtdoshimizga tegishli bo‘ldi.

Undan keyingi o‘rinlarda Latviya va Estoniya vakillari joy oldi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligin...

Milliy antidoping agentligi karantin davrida uy sharoitida mashg‘ulotlar olib borayotgan s...

Anons: Bugun O‘zbekiston va Birlashgan ...

Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoalari Dubay sh...

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi...

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Osiyo chempionlar ligasining 2020-yilgi bahslarini da...

So`nggi yangiliklar