01/Dekabr/2021 Jamiyat
MINSK, 1 dekabr. /“Dunyo” AA/. “Adabiy do‘stlik ko‘prigi” tadbirlari doirasida Minskdagi Yozuvchilar uyida o‘zbek shoiri Ismat Ko‘chiyevni Belarus Yozuvchilar uyushmasi faxriy aʼzoligiga qabul qilish marosimi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir Belarus Yozuvchilar uyushmasi va O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi tomonidan tashkil etildi.
Uchrashuv ishtirokchilari madaniyat sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, madaniyatlararo aloqalarni faollashtirish masalalarini ham muhokama qildi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston-Belarus do‘stlari klubini tashkil etishga kelishildi.