Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Yanvar/2022   Sport

O‘zbekistonlik sport ustasi Tbilisida qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogida qatnashmoqda

 TOSHKENT, 16 yanvarya. /IA “Dunyo”/. Gruziyaning Tbilisi shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha jahon kubogi bahslari davom etmoqda.


Musobaqaning dastlabki kuni - 14 yanvarda ayollar g‘oliblik uchun bahslarga kirishdi. Ushbu dasturda o‘zbekistonlik Zaynab Dayibekova (reytingdagi o‘rni – 22) medallar uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Yuqori reytingga ega bo‘lgani sababli qoraqalpog‘istonlik sportchi bahslarga 1/64 final bosqichidan qo‘shildi. Dayibekova bilan birga musobaqada ishtirok etayotgan barcha o‘zbekistonlik qilichbozlar saralashdayoq imkoniyatni boy berishdi.

Dayibekova esa o‘tish bosqichida barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, 64 nafar saralangan sportchilar safidan joy oldi. Jahon kubogining ayollar o‘rtasidagi hal qiluvchi bahslari bugun, 16 yanvar kuni o‘tkaziladi.

Mavzuga oid

«Tokio -2020»: O‘zbek sporti tarixidagi ...

Bugun Yaponiya poytaxti Tokio shahrida jahon sport olamidagi eng yirik tadbir – XXXII yozg...

Tashqi ishlar vazirligining futbol jamoa...

Tashqi ishlar vazirligining futbol jamoasi «Bosh vazir kubogi»dagi ishtirokini muvafaqqiya...

Rotterdamda vatandoshlar ishtirokida min...

Rotterdamda (Niderlandiya) O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi ko‘magi ...

So`nggi yangiliklar