28/Noyabr/2022 Ta'lim
SANKT-PETERBURG, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. Sankt-Peterburgdagi oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan «Yil talabasi» tanlovida Sankt-Peterburg Davlat o‘rmon xo‘jaligi universitetida taʼlim olayotgan vatandoshimiz Asadbek Avezov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tanlov doirasida Sankt-Peterburg shahrida joylashgan 35 ta oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 156 nafar talabaning taqdimotlari final bosqichida baholandi. Nufuzli hakamlar baholari natijalari ko‘ra, 23 nafar talaba tanlov sovrindorlari qatoridan joy oldi.
«Yil talabasi» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimida Sankt-Peterburg shahari mutasaddilari, fan, taʼlim va madaniyat sohalarining vakillari ishtirok etdilar.