Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Dekabr/2021   Jamiyat

O‘zbekistonlik yosh mutaxassis “Samsung Electronics” kompaniyasi joriy etgan “Yilning eng yaxshi xodimi” xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi

TOSHKENT, 13 dekabr. /“Dunyo” AA/. Yurtdoshimiz Nizomiddin Ismoilov “Samsung Electronics” kompaniyasi tarixida “Yilning eng yaxshi xodimi” mukofotiga sazovor bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o‘z natijalarini bermoqda. Har yili “Samsung Electronics” bosh ofisi tomonidan kompaniya rivojiga ulkan  hissa qo‘shgan xodimga topshiriladigan ushbu mukofotni vatandoshimizga taqdim etilishi ham ushbu fikrimizga dalil bo‘la oladi.

Maʼlumotga qaraganda, “Samsung Electronics”da butun dunyo bo‘ylab (60 ga yaqin davlat) 250 mingdan ortiq xodim ishlar ekan. Nizomiddin Ismoilov erishgan muvaffaqiyat respublikamiz yoshlari uchun o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi.

Mavzuga oid

Afg‘oniston Oliy sudi raisi o‘rinbosari:...

Mamlakatimizning Afg‘onistondagi elchixonasi tomonidan ushbu davlat Oliy sudi raisi o‘rinb...

Germaniyadagi vatandoshlar COVID-19 oqib...

Bosh konsulxona Germaniya janubiy yerlarida yashab, turli sohalarda faoliyat olib borayotg...

O‘monda O‘zbek tili bayrami kuni nishonl...

O‘zbek tili bayrami kunini keng nishonlash doirasida mamlakatimizning O‘mon Sultonligidagi...

So`nggi yangiliklar