Uz / Ўз Ru En

Toshkent

10/May/2021   9 may - Xotira va qadrlash kuni

O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi 9 may kuni bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida ishtirok etdi

VASHINGTON, 10-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi 9 may kuni Ikkinchi jahon urushidagi Buyuk g‘alabaning 76 yilligi munosabati bilan o‘tkazilga onlayn-tadbirda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Elchixona tomonidan maʼlum qilinishicha, tadbir Rossiyaning AQSHdagi diplomatiya vakolatxonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Onlayn-aksiyada Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston diplomatiya vakolatxonalari rahbarlari tabrik so‘zi bilan qatnashdi. Bundan tashqari, videokonferensiyada MDH davlatlari vakillarining diaspora birlashmalari rahbarlari va amerikalik urush faxriylari ham qatnashdi.

G‘alaba kuni munosabati bilan San-Fransisko shahridagi Oltin darvoza ko‘prigi orqali MDH davlatlari, shu jumladan, O‘zbekistondan kelgan vatandoshlar ishtirokida avtoulovlarda g‘alaba marshi tashkil etildi.

Rossiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi muvaqqat ishlar vakili Sergey Koshelev o‘z nutqida barcha ishtirokchilarga  unutilmas sanani birgalikda nishonlagani uchun minnatdorlik bildirdi. U dunyodagi og‘ir epidemiologik vaziyatga qaramay, MDH mamlakatlari xalqlari buyuk G‘alabani keng nishonlayotganini taʼkidladi. Birinchi kunlardan boshlaboq urush ommaviy xarakterga ega bo‘lgani va millionlab odamlar fashizmga qarshi birgalikda kurashgani alohida qayd etildi. Urush yillarida ko‘p millatli xalqlar harbiy kuchlarining to‘rtdan uch qismini sharqiy frontga tashlagan fashist bosqinchilarining eng shafqatsiz zarbalarini o‘zlariga oldi.

O‘zbekiston elchisi Javlon Vahobov o‘z chiqishida Ikkinchi jahon urushi qurbonlari xotirasiga va o‘zbek xalqining buyuk G‘alabaga qo‘shgan beqiyos hissasini mamlakatimizda abadiylashtirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilayotgani aytdi. Urushgacha O‘zbekistonda 6,5 million kishi yashagan bo‘lsa, shundan 2 millionga yaqini frontga safarbar etilgan. Elchi O‘zbekistondan frontga ketganlar respublikaning mehnatga yaroqli aholisining deyarli yarmi ekanini alohida taʼkidladi. Ularning yarim milliondan ortig‘i qurbon bo‘lgan. Bundan tashqari, xalqimiz tomonidan urush paytida ko‘rsatilgan saxovat va insonparvarlik ko‘magi  to‘g‘risidagi batafsil maʼlumotlar ham tadbir ishtirokchilarining eʼtiboriga havola qilindi. O‘zbekiston urush tufayli uy-joyi, ota-onasi va qarindoshlaridan ajralgan, front hududlaridan ko‘chirib keltirilgan qariyb 1,5 million kishini o‘z yaqinlaridek kutib oldi. Ularning 200 ming nafari bolalar edi.

O‘zbekistondagi har bir oila  fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning bahosi naqadar yuqori ekanini, xalqimiz bunga munosib hissa qo‘shganini yaxshi biladi. Urushda yuzlab o‘zbekistonliklar Qahramon unvoniga sazovor bo‘ldi, minglab odamlar harbiy orden va medallar bilan taqdirlandi.

Respublikada o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli bayram tadbirlariga va o‘sha halokatli urush xotirasini saqlashga qaratilgan meʼmoriy-memorial majmualarni barpo etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Ikkinchi jahon urushiga bag‘ishlangan yangi tarixiy obyektlar yaratilayotgani, urush faxriylariga va front orti mehnatkashlariga moddiy yordam ko‘rsatilayotgani, ularga davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilayotgani  maʼlum qilindi.

O‘tgan yili davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan buyuk G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Toshkentda «G‘alaba bog‘i» majmuasi barpo etildi. Mazkur majmua qisqa vaqt ichida harbiy tarix, urush faxriylari va mehnat frontida ishtirok etgan yurtdoshlarimiz jasoratini o‘rganish bo‘yicha ilmiy va maʼrifiy markazga aylangani alohida qayd etildi.

Tadbir nihoyasiga yetgach, Hamdo‘stlik mamlakatlari diplomatiya vakolatxonalari rahbarlarining Ikkinchi jahon urushidagi buyuk G‘alabaning 76 yilligi munosabati bilan qo‘shma maqolasi MDHga aʼzo davlatlar elchixonalarining Internet-resurslarida va vatandoshlar matbuotida eʼlon qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbek diplomatlari Shveysariyada Ikkinc...

O‘zbekistonning Jenevadagi doimiy vakolatxonasi xodimlari Bazeldagi “Xyornli” qabristoniga...

“Reyxstag”gacha borgan o‘zbek qahramoni…...

Polkovnik Bоtir Boboev nomi bugun ko‘pchilik yurtdoshlarimizga notanish tuyulishi tabiiy....

Akademik Akmal Saidov: Prezidentimiz Sha...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, akademik A...

So`nggi yangiliklar