Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Oktabr/2021   Saylov - 2021

O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasida mamlakatimiz Prezidenti sayloviga puxta hozirlik ko‘rilmoqda

 VASHINGTON, 13 oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 4–saylov uchastkasida mamlakatimiz Prezidenti saylovini yuqori darajada tashkil etish va o‘tkazish ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Diplomatiya vakolatxonasidan maʼlum qilinishicha, mazkur saylov uchastkasi meʼyoriy talablarga muvofiq jihozlangani holda unda 24 oktyabr kuni fuqarolarning saylovda ovoz berishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Ayrim sabablarga ko‘ra ushbu sanada saylovda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqini taʼminlash maqsadida 16 oktyabr kuni Florida shtatining Orlando, 17 oktyabr kuni Virjiniya shtatining Sterling va Merilend shtatining Paykesville shaharlarida ko‘chma saylov uchastkalari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, 14 oktyabrdan 20 oktyabrga qadar elchixonaga kelgan fuqarolar ham muddatidan oldin saylov berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mamlakatimiz fuqarolari o‘rtasida saylov jaryoniga oid maʼlumotlarni keng tarqatish, muddatidan oldin o‘tkaziladigan saylov uchastkalarining joylari va sanalari haqida yurtdoshlarning xabardorligini oshirish maqsadida vatandosh uyushmalari, mahalliy ommaviy axborot vositalari va taniqli blogerlar bilan hamkorlikda saylovoldi targ‘ibot ishlari izchil olib borilmoqda.

Buning natijasi o‘laroq, qolaversa, Amerikaning uzoq hududlarida ham muddatidan oldin ovoz berish joylarining tashkil etilayotgani bois bugungi kunga qadar minglab fuqarolar elchixonaga murojaat etib, saylovda ovoz berish istagini bildirdi.

Mavzuga oid

MSK: Turkiy tilli davlatlar Parlament as...

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasida bugun Turkiy tilli davlatlar Parlament assambley...

O‘zbekistondagi saylovlar Latviya ommavi...

Latviyaning «Press.lv» yangiliklar portalida O‘zbekiston Prezidenti sayloviga bag‘ishlan...

Belgiyadan munosabat: Biz tanlagan nomzo...

Mamlakatimizning Belgiyadagi elchixonasi huzurida tuzilgan O‘zbekiston Prezidenti saylovi...

So`nggi yangiliklar