Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Mart/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi Alisher Navoiyning 580 yilligiga bag‘ishlangan onlayn-seminar tashkil qildi


VENA, 4 mart. /«Dunyo» AA/. Kecha O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi tomonidan Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan onlayn-seminar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Anjumanda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dosenti Ilyos Ismoilov, Vengriya «Elte» universiteti sharqshunoslik fakul'teti professori Andrash Sentnar va bir guruh talaba yoshlar ishtirok etdi.

Ilyos Ismoilov anjuman ishtirokchilariga buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hayoti, ijodi, davlat arbobi sifatidagi faoliyati va bunyodkorlik sohasida qilgan ishlari haqida ma'lumot berib, Navoiyning she'r va g‘azallaridan namunalar o‘qib berdi.

Andrash Sentnar Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodi jahon adabiyotida salmoqli o‘ringa ega ekanini takidladi. U Navoiyning lirik, epik va falsafiy asarlari adabiyot tarixida chuqur iz qoldirgani, «Xamsa» dostoni esa Navoiy ijodining durdonasi sanalishini bildirdi. Jahon adabiyotining durdonalaridan biriga aylangan mazkur asar Vengriya ilm ahli tomonidan sevib o‘rganilmoqda.

Tadbirda «Elte» universiteti Sharqshunoslik fakul'teti talabalari Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan o‘zbek tili kursi faoliyatiga ijobiy baho berdi. Mazkur kursga o‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilarni jalb etish istiqbollari xususida fikr almashildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston elchisi Latviya Prezidenti m...

Kecha O‘zbekiston elchisi Qadambay Sultonov Latviya Prezidenti maslahatchisi Solveyga Silk...

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida far...

Mamlakatimizning Hindistondagi elchisi Dilshod Axatov Hindiston Kimyo sanoati, o‘g‘itlar ...

Yevropa parlamenti a’zosi bilan O‘zbekis...

Kecha O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi rahbari, elchi Dilyor Hakimov va maml...

So`nggi yangiliklar